Rossiyadan yana 7 nafar voyaga yetmagan bola Özbekistonga qaytarildi
Rossiyadan ota-ona qaramoğisiz qolgan yana 7 nafar voyaga yetmagan bola Özbekistonga olib kelindi. Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi xabar berdi.
Qayd etilişiça, joriy yilning 15 sentyabr kuni Rossiyadan voyaga yetmaganlarni vatanga qaytariş böyiça xizmat safarining uçinçi guruhi Özbekistonga yetib kelgan. Navbatdagi guruh tarkibidagi 7 nafar bola Özbekistonning Rossiyadagi konsullik muassasalari kömagida mamlakatga qaytarilgan.
Ularning 3 nafari Rossiyadagi ozodlikdan mahrum etiş joylarida jazo muddatini ötayotgan onalari tomonidan Özbekiston vakillariga topşirilgan.
Voyaga yetmaganlarni qaytariş işlari Içki işlar vazirligi, Soğliqni saqlaş vazirligi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi xodimlaridan iborat işçi guruh tomonidan, Bolalar ombudsmani kömagida hamda Özbekistonning Rossiyadagi konsullik muassasalari yordamida amalga oşirilgan.
Bildirilişiça, xizmat safari davomida jami 30 nafar voyaga yetmagan bola Rossiyadan Özbekistonga qaytarilgan. Şuningdek, tegişli işlar natijasida Qozoğistondan ham 2 nafar bola olib kelingan. Şu tariqa, jami 32 nafar voyaga yetmagan bolaning mamlakatga qaytişi taminlangan.
Agentlikning malum qilişiça, bolalarning keyingi holati va oilaga moslaşuvi yaşaş manzili böyiça “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan ijtimoiy hamrohlik asosida kuzatib boriladi.
“Ayni paytda xorijda ota-ona qaramoğisiz qolgan voyaga yetmaganlarni vatanga qaytariş böyiça işlar davom ettirilmoqda. Xususan, Gruziyada ota-ona qaramoğisiz qolgan 1 nafar voyaga yetmagan bolani vatanga qaytariş maqsadida xizmat safari amalga oşirilişi kutilmoqda, şuningdek, Turkiya bilan voyaga yetmaganlarni qaytariş masalalari yuzasidan muzokaralar olib borilmoqda”, deyiladi agentlik xabarida.
Eslatib ötamiz, avvalroq Rossiyaning Mordoviya muxtor Respublikasi va Samara viloyatidagi jazoni ijro etiş muassasalarida jazo ötayotgan Özbekiston fuqarosi bölgan ayollarning voyaga yetmagan farzandlari mamlakatga qaytarilgani haqida xabar berilgan edi.