USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Surxondaryoda direktorlar molxona tamirlaşga majburlandimi?

116 марта
Сурхондарёда директорлар молхона таъмирлашга мажбурландими?

Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyatining Jarqörğon tumanida maktab direktorlari hokim topşiriği asosida aholi uylarini, xususan molxonalarni tamirlaşga majburlanayotgani aytilgan video tarqaldi. Videoda maktab direktorlari aholi uylariga yaqin temir yöl böyida turganini köriş mumkin. Holat yuzasidan viloyat Maktabgaça va maktab talimi boşqarmasi munosabat bildirdi.

Boşqarmaga köra, Jarqörğon tumani Maktabgaça va maktab talimi bölimi boşliği tomonidan tumandagi umumiy örta talim maktablari direktorlari 42-sonli umumiy örta talim maktabiga çaqirtirilgan.

Videoda aks etgan hududda, xususan, temir yöl böyida joylaşgan fuqarolar xonadonlari atrofida obodonlaştiriş işlari amalga oşirilmagan. Öqituvçi va direktorlarni iş vaqtida sababsiz yiğilişga jalb qilgani uçun Jarqörğon tumani Maktabgaça va maktab talimi bölimi masullariga nisbatan belgilangan tartibda intizomiy çora köriş böyiça taklif kiritilgan.

Ayni paytda Jarqörğon tumanida masullar tomonidan berilgan topşiriqlarning mazmun-mohiyati, şuningdek, ularni bajariş jarayonida xodimlarga nisbatan majburlaş yoki bosim ötkazilgani böyiça viloyat Maktabgaça va maktab talimi boşqarmasi tomonidan örganiş işlari olib borilmoqda.

“Şu bilan birga, viloyat Maktabgaça va maktab talimi boşqarmasi tomonidan öqituvçilarni mazkur işlarga majburiy jalb qiliş böyiça topşiriq berilmaganini malum qilamiz”, deyiladi xabarda.

Boşqarma direktorlar nima uçun temir yöl böyiga olib borilganiga izoh bermagan.

Şuningdek, holat böyiça Davlat mehnat inspektsiyasi ham munosabat bildirib, vaziyat nazoratga olinganini malum qildi.

Qayd etilişiça, hozirda tarqalgan videodagi holatning haqqoniyligini aniqlaş, pedagog xodimlarning mehnat huquqlariga rioya etilganligini örganiş maqsadida belgilangan tartibda tegişli çoralar körilmoqda. Örganiş yakunlari böyiça holatga huquqiy baho berilib, qonunbuziliş holatlari aniqlangan taqdirda aybdor şaxslarga nisbatan qonunçilikda belgilangan tasir çoralari qöllaniladi. Örganiş natijalari yuzasidan qöşimça axborot beriladi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Toşkent viloyatining Yangiyöl tumanidagi jamoat salomatligi texnikumi pedagoglarini xizmat vazifasiga kirmaydigan işlarga jalb qilgan mansabdor şaxs mamuriy javobgarlikka tortilgandi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: