Prezident Jöqorği Kenges raisiga general-mayor unvonini berdi
Bugun, 19 sentyabr kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev tomonidan Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi raisi Amanbay Orinbayevga “general-mayor” maxsus unvoni berildi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi malum qildi.
Qayd etilişiça, Nukus şahrida Şavkat Mirziyoyev raisligida Qoraqalpoğistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş masalalariga bağişlangan yiğiliş ötkazilgan. Yiğiliş yakunida içki işlar organlari tizimidagi köp yillik samarali mehnati, Qoraqalpoğistonni har tomonlama rivojlantiriş, aholi farovonligi, xavfsizligi va osoyişta hayotini taminlaş, jamiyatda mehr-oqibat, ahillik va totuvlikni asraş hamda mustahkamlaş borasidagi katta xizmatlari uçun Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi Raisi Amanbay Orinbayevga Prezident tomonidan “general-mayor” maxsus unvoni berilgan.
Malumot uçun, Orinbayev Amanbay Tleubayeviç 1979 yil Kegeyli tumanida tuğilgan. Içki işlar vazirligi akademiyasi, Strategik tahlil va istiqbolni belgilaş oliy maktabini tamomlagan. Amanbay Orinbayev “Qoraqalpoğiston Respublikasida xizmat körsatgan yurist”, “Döstlik” ordeni bilan taqdirlangan. U mehnat faoliyatini Kegeyli tumani quriliş-montaj boşqarmasi işçisi sifatida boşlagan. Hozirgi vazifasiga tayinlanmasdan oldin bir muddat Qoraqalpoğiston Içki işlar vaziri bölgan.
Eslatib ötamiz, 2022 yilning avgust oyida Amanbay Tleubayeviç Orinbayev Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi raisi lavozimiga tasdiqlangandi.