Tojikistonda sodir bölgan zilzila Özbekistonda sezildi
Bugun, 21 sentyabr kuni Tojikistonda zilzila sodir böldi. Bu haqda Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar berdi.
Qayd etilişiça, yer qimirlaşi soat 15:48 da yuz bergan. Zilzila magnitudasi 4,9, çuqurligi 160 km. Zilzila epitsentri Tojikistonning Toğli Badaxşon viloyatida, Toşkentdan 448 km janubi-şarqda joylaşgan. Zilzila koordinatalari: 38,03 daraja şimoliy kenglik, 72,34 daraja şarqiy uzunlik.
Özbekiston Respublikasi hududida seziliş kuçi:
Söx tumanida 2 ball, 240 km.
Quvasoy şahrida 2 ball, 255 km.
Farğona tumanida 2 ball, 257 km.
Eslatib ötamiz, avvalroq Qirğizistondagi zilzila Özbekistonda ham sezilgan edi.