Prezident Andijonga taşrifini xalqaro aeroport qurilişini közdan keçirişdan boşladi
Prezident Şavkat Mirziyoyev bugun, 23 sentyabr kuni Andijon viloyatiga taşrifini Andijon xalqaro aeroportiga amalga oşirilayotgan bunyodkorlik işlari bilan tanişişdan boşladi. Bu haqda mamlakat yetakçisining matbuot xizmati xabar berdi.
Davlat rahbari bundan 3 yil avval hududga taşrifi çoğida aeroportni modernizatsiya qiliş böyiça qator topşiriqlar bergan edi. Ötgan yilgi taşrif davomida ham rekonstruktsiya jarayonini şaxsan közdan keçirgan.
Aeroport 1978 yilda işga tuşirilib, 2013 yilda unga xalqaro maqom berilgan. Umumiy maydoni 243,4 gektar bölgan obektda 100 nafar xodim mehnat qiladi. Vaqt ötişi bilan havo bandargohini zamon talablariga moslaştiriş, yölovçilar uçun qulayliklarni oşiriş va parvozlar geografiyasini kengaytiriş zarurati yuzaga keldi.
Malum qilinişiça, aerodrom majmuasini rekonstruktsiya qiliş loyihasining umumiy qiymati 1,1 trillion sömni taşkil etadi. Birinçi bosqiçda aeroport infratuzilmasi tubdan yangilandi. Uçiş-qöniş yölagi 3,3 kilometrgaça uzaytirilib, kengligi 60 metr bölgan yangi 4E toifali yölak barpo etilgan. Şuningdek, 10 ta havo kemasiga möljallangan töxtaş joylari va rullaş yölaklari qurilgan.
Quriliş sifati va obektning uzoq muddat xizmat qilişiga alohida etibor qaratilgan. Uçiş-qöniş yölagiga 50 yilgaça xizmat qilişga möljallangan mustahkam tsement-beton qoplamasi yotqizilgan. Germaniyaning yuqori aniqlikdagi yoritiş-signal tizimi örnatilgan. Bu aeroportga tungi vaqtda va quyuq tuman şaroitida ham havo kemalarini xavfsiz qabul qiliş imkonini beradi. Köriş masofasi 300 metrgaça qisqarganda ham samolyotlar qöna oladi. Endilikda aeroport keng fyuzelyajli yirik havo kemalarini heç qanday çeklovlarsiz qabul qiliş imkoniyatiga ega.
Qayd etilişiça, hozirda rekonstruktsiyaning ikkinçi bosqiçi davom etmoqda. Uning doirasida umumiy maydoni 19 ming 685 kvadrat metr bölgan ikki qavatli zamonaviy terminal binosi barpo etilmoqda. Ilgari aeroport soatiga 200 nafar yölovçiga xizmat körsatgan bölsa, yangi terminal işga tuşgaç, bu körsatkiç beş barobar oşadi. Aeroport hududida yuqori tezlikdagi Wi-Fi tarmoği va aqlli xizmatlar joriy etiladi.
Bildirilişiça, davlat rahbariga aeroportni rivojlantiriş kontseptsiyasi taqdimot qilingan. Prezident zamonaviy terminal binosini belgilangan muddatda va sifatli qurib bitkaziş böyiça masullarga topşiriqlar bergan.
Bugungi kunda Andijon xalqaro aeroporti orqali mahalliy va xalqaro yönalişlarda yettita aviakompaniyaning muntazam qatnovlari yölga qöyilgan. Kelgusida yillik aviareyslar sonini 808 tadan 2 ming 500 tagaça oşiriş, yölovçilarga xizmat körsatiş imkoniyatini yiliga 3,5 million nafarga yetkaziş rejalaştirilgan.
Amalga oşirilayotgan işlar andijonliklar va viloyat mehmonlari uçun transport qulayligini oşirib, hududning iqtisodiy va sayyohlik salohiyatini röyobga çiqarişga xizmat qilişi takidlangan. Aeroport atrofida zamonaviy servis obektlarini rivojlantiriş va xizmatlar sifatini oşiriş yuzasidan körsatmalar berilgan.