Özbekistonda YouTube monetizatsiyasi yölga qöyilişi mumkin
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Google kompaniyasi vitse-prezidenti Karan Bxatiya bilan uçraşuv ötkazdi. Bu haqda Saida Mirziyoyeva Telegram-kanalida malum qildi.
Qayd etilişiça, muloqotda Özbekistonda raqamli ekotizimni rivojlantiriş, suniy intellekt texnologiyalarini joriy etiş va Özbekistonni Markaziy Osiyoning yirik IT-xabiga aylantiriş böyiça qöşma taşabbuslar muhokama qilingan.

Bildirilişiça, bugungi kunda Özbekiston va dunyoning yetakçi texnologik giganti örtasidagi aloqalar oddiy servislarni moslaştiriş bosqiçidan tölaqonli va köp qirrali strategik şeriklik darajasiga kötarilgan.
.jpg)
Uşbu hamkorlik doirasida amalga oşirilayotgan asosiy natijalar va rejalar biri Google Pay tizimining işga tuşirilişi bölib, hozirda tayyorgarlik işlari olib borilmoqda. Şuningdek, Google’da Cloud va Gemini tizimiga özbek tili integratsiya qilingan. Platformalar orqali SI könikmalarini oşiriş dasturlari yölga qöyilib, birgina Google kompaniyasining “Inson + SI” kurslarida 737 mingdan ziyod yurtdoşimiz talim olib, sertifikatlarga ega böldi.
Bundan taşqari, yangi imzolangan kelişuvlarga köra, kiberxavfsizlik böyiça milliy mutaxassislar malakasi oşirilişi hamda Google’ning BigQuery va Dataplex yeçimlari yordamida milliy iqtisodiyot tarmoqlarida katta malumotlarni tahlil qiliş sinov loyihalari yölga qöyilişi rejalaştirilgan.

Bildirilişiça, “Yangi Özbekiston” va “Kiber universitet”da xalqaro sertifikatlaş kurslari taşkil etiladi. Eng muhimi – mahalliy yoş istedodlarni qöllab-quvvatlaş maqsadida har yili 25 nafar özbekistonlik talaba Google xalqaro ofislariga tajriba orttiriş (stajirovka) uçun yuboriladi.
.jpg)
Saida Mirziyoyeva uçraşuv yakunida kompaniya bilan juda köp yönalişda hamkorlik qiliş imkoniyati borligini hamda oldinda katta va muhim vazifalar turganini qayd etgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva AQŞ Xalqaro moliyaviy taraqqiyot korporatsiyasi (DFC) boş ijroçi direktori Ben Blek bilan uçraşib, yirik infratuzilma loyihalarini muhokama qilgandi.