Bizga har bir davlatning ovozi eşitiladigan BMT kerak – Saida Mirziyoyeva
Özbekiston kelgusi yilda Qöşilmaslik harakatiga raislik qiladi. Bu haqda Saida Mirziyoyeva Birlaşgan Millatlar Taşkiloti 81-Boş Assambleyasidagi nutqi davomida söz oçdi.
Bugun, 24 sentyabr kuni Özbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Amerika Qöşma Ştatlarining Nyu-York şahrida, BIrlaşgan Millatlar Taşkilotining boş ştabida bölib ötayotgan kengaytirilgan 81-Boş Assambleyasida nutq sözladi. Unda Saida Mirziyoyeva bir qança global va dolzarb masalalarga töxtaldi.
Xususan, Prezident Administratsiyasi rahbari dunyo hamjamiyatiga kuçli va har bir mamlakatning ovozini eşitadigan taşkilot kerakligini bildirdi.
“Bizga faqat qaror qabul qiladigan emas, qarorlarni amalga oşirişga qodir BMT kerak. Bizga har bir davlatning ovozi eşitiladigan BMT kerak”, deya qayd etdi Saida Mirziyoyeva.
Prezident Administratsiyasi rahbarining sözlariga köra, Özbekiston BMT boş kotibining taşkilotni zamon talablariga moslaştirişga qaratilgan BMT-80 taşabbusi doirasidagi say-harakatlarini qöllab-quvvatlaydi. Şuningdek, Saida Mirziyoyeva taşkilotning xavfsizlik masalasi böyiça tuzilmasini kengaytiriş taklifini ilgari surdi.
“Biz BMT Xavfsizlik kengaşi tarkibini zamonaviy reallikdan kelib çiqib kengaytiriş tarafdorimiz”, dedi Prezident Administratsiyasi rahbari.
Bundan taşqari, Saida Mirziyoyeva nutqida Özbekiston kelgusi yilda Qöşilmaslik harakatiga raislikni qabul qilinişini malum qildi. Uning sözlariga köra, mamlakat bu masuliyatni qarama-qarşiliklar kuçaygan bir paytda muloqot uçun yangi maydon yaratiş imkoniyati deb biladi.