Saida Mirziyoyeva BAA Prezidenti bilan uçraşdi
Bugun, 28 sentyabr kuni Özbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Birlaşgan Arab Amirliklari Prezidenti Şayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon Alo Hazratlari bilan uçraşuv ötkazdi. Bu haqda Saida Mirziyoyeva özining Telegram-kanalida malum qildi.

Prezident Administratsiyasi rahbari Abu-Dabida bölib ötgan uçraşuvni özi uçun “katta şaraf” deb qayd etgan.

Saida Mirziyoyeva Alo Hazratlariga Özbekiston Respublikasi Prezidentining samimiy tilaklarini yetkazgan. Muloqot davomida mamlakatlar örtasidagi özaro savdo-iqtisodiy munosabatlarni kengaytiriş masalalari muhokama qilingan, şuningdek, suniy intellektni rivojlantiriş mavzusiga ham töxtalib ötilgan.

“Körsatilgan ehtirom uçun Alo Hazratlariga minnatdorlik bildiraman”, deb yozgan Saida Mirziyoyeva.
Eslatib ötamiz, avvalroq Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Birlaşgan Millatlar Taşkilotining Aholişunoslik jamğarmasi (UNFPA) bilan birgalikda ötkazilgan demografik barqarorlik masalalari böyiça tadbirda iştirok etgandi.