Rano Şodiyeva oğir judolikka uçradi
Özbekistonda xizmat körsatgan artist Rano Şodiyevaning onasi Gözal aya vafot etdi. Bu haqda aktrisa özining Instagram ijtimoiy tarmoğidagi sahifasida malum qildi.
Xabarlarga köra, Rano Şodiyevaning onasi bir muddatdan buyon saraton kasalligi bilan kuraşib kelayotgan bölgan.
Aktrisa avvalgi intervyularidan birida onasi kasallik sabab eşitiş imkoniyatidan ayrilgani, uçinçi sinfgaça oddiy maktabda öqigani, keyinçalik esa kar-soqovlar maktabiga ötkazilganini aytgan. Onasi aynan şu maktabda aktrisaning otasi bilan tanişgan.
Rano Şodiyevaning sözlariga köra, onasi imkoniyati çeklangan bolalar madaniyat markazida işlagan. Aynan onasi sababli aktrisa xayriya işlariga kirib kelgan.
Aktrisaga köra, onasi sudlarda tarjimon sifatida işlagan va qonunlarni yaxşi tuşungan. Bir paytlar onasining faoliyati sabab oilasiga tahdidlar ham bölgan.
QALAMPIR.UZ marhumaning oila azolari va yaqinlariga hamdardlik bildiradi.