Pedagoglarga 100 mln sömgaça mukofot va yangi imtiyozlar beriladi
Özbekistonda pedagoglarga 100 mln sömgaça mukofot va yangi imtiyozlar beriladi. Bu haqda bugun, 30 sentyabr kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev öqituvçi va murabbiylar bilan uçraşuvda malum qildi.
Qayd etilişiça, fundamental fanlar öqituvçilari uçun rağbatning yangi tizimi joriy etiladi. Milliy sertifikatga ega pedagoglarga 50 foiz ustama tölanadi, har yili 208 ta tuman va şaharning lider öqituvçilariga 30 million sömdan mukofot beriladi. Yana 1 ming öqituvçi xorijda stajirovka ötaydi.
Kamida 15 yillik stajga ega pedagoglarning farzandlariga oliygoh kontrakti uçun foizsiz kredit ajratiladi. Xorijiy va milliy sertifikat olgan muallimlarning imtihon xarajatlari töliq qoplanadi.
Xorazmiy, Farğoniy, Beruniy, Ibn Sino, Mendeleyev nomidagi xalqaro va mintaqaviy olimpiadalar ğoliblarini tayyorlagan pedagoglar töğridan-töğri oliy toifa oladi. Prezident uşbu taşabbuslar qariyb 100 ming öqituvçiga munosib rağbat bölişiga işonç bildirgan.
Boşlanğiç sinf öquvçilari uçun ham fan olimpiadalari yölga qöyiladi. Kelasi yildan 4-sinflar olimpiadasining tuman bosqiçida ğolib bölgan bolalar kompyuter oladi. Ularning ustozlariga tuman bosqiçi uçun 10 million, viloyat uçun 50 million, respublika uçun 100 million söm mukofot beriladi.