Bahodir Yunusov MTRK raisiga örinbosar böldi
Bugun, 2 oktyabr kuni Bahodir Yunusov Özbekiston milliy teleradiokompaniyasi raisining komplayens va korruptsiyaga qarşi içki nazorat böyiça örinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari tegişli farmoyişni imzoladi.
U yangi lavozimga tayinlangani munosabati bilan Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Kommunikatsiyalar departamenti şöba mudiri lavozimidan ozod etilgan.
Malumot uçun, Bahodir Yunusov bungaça Özbekiston MTRK tizimida turli lavozimlarda işlagan. Şuningdek, Vazirlar Mahkamasining departamentlaridan birida ham faoliyat yuritgan. 2017 yilda Özbekiston MTRK raisining birinçi örinbosari bölgan.
Eslatib ötamiz, Yunusov 2024 yilning sentyabrida Prezident matbuot xizmati şuba mudiri etib tayinlangan edi.