Özbekiston Ar-Riyoddagi aeroportga qilingan hujumni qoraladi
Özbekiston Taşqi işlar vazirligi Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyoddagi Podşoh Xolid xalqaro aeroportiga husiylar tomonidan uyuştirilgan hujumni qatiy qoraladi. Bu haqda bugun, 11 oktyabr kuni TIV bayonot berdi.
Taşqi işlar vazirligi Ar-Riyod şahridagi Podşoh Xolid nomidagi xalqaro aeroportga husiylar tomonidan amalga oşirilgan, begunoh insonlarning halok bölişi va tinç aholi vakillarining jarohatlanişiga olib kelgan mudhiş hujumdan çuqur qayğuda ekanini bildirgan va uşbu hujumni qatiy qoralagan.
Şuningdek, vazirlik halok bölganlarning oila azolari va yaqinlariga taziya bildirib, uşbu fojiali voqea oqibatida jabrlanganlarga çuqur hamdardlik izhor etgan. Şu bilan birga, jarohatlanganlarning tezroq va töliq soğayib ketişini tilagan. Özbekiston Saudiya Arabistoni Podşohligining suvereniteti, hududiy yaxlitligi va xavfsizligini qatiy qöllab-quvvatlaşini yana bir bor tasdiqlagan.
“Tinç aholi va fuqarolik infratuzilmasi obektlariga hujumlar xalqaro huquq normalarining jiddiy buzilişi hisoblanadi va bunday harakatlar zudlik bilan töxtatilişi şart”, deyiladi bayonotda.
TIV tinç aholi hayotini himoya qiliş va muhim infratuzilma obektlari xavfsizligini taminlaş sözsiz ustuvor vazifa bölib qolişi lozimligini takidlagan. Şuningdek, Özbekiston bunday hujumlarni zudlik bilan töxtatişga çaqirib, barça tomonlarni vazminlik körsatişga va keskinlikning yanada avj olişiga yöl qöymaslikka undagan.
Vazirlik kelişmovçiliklarni xalqaro huquq normalari va Birlaşgan Millatlar Taşkiloti Nizomi tamoyillariga muvofiq, muloqot hamda diplomatik vositalar orqali hal etişga çaqirgan.
Özbekiston Saudiya Arabistoni xalqi va hukumati bilan birdamligini bildirib, mintaqada tinçlik, barqarorlik va xavfsizlikni mustahkamlaşga sodiqligini yana bir bor tasdiqlagan.
Eslatib ötamiz, keça, 10 oktyabr kuni Yamandagi Eron tomonidan qöllab-quvvatlanadigan husiylar Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyoddagi xalqaro aeroportga hujum qilgani haqida xabar berilgan edi. Hujum oqibatida kamida 12 kişi halok bölgan, yana 309 kişi yaralangan. Bu Saudiya Arabistonida sönggi ön yildan ortiq vaqt içida eng köp qurbon berilgan hujum bölgan. Şuningdek, Uzbekistan Airways Saudiya Arabistonidagi aeroportga qilingan hujumga qaramay, Toşkentdan Jidda va Madinaga amalga oşirilayotgan aviaqatnovlar tasdiqlangan jadval asosida bajarilayotganini malum qilgandi.