Dollar kursi keskin ko'tarildi
O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o'zbek so'miga nisbatan 29 oktyabr kuni amalda bo'ladigan qiymatini belgiladi.
Unga ko'ra, dollarning rasmiy kursi 85,04 so'mga oshdi va 12 004,02 so'mni tashkil qildi.
Yevro kursi 77,97 so'mga ko'tarilib, 13 361,67 so'm etib belgilandi.
Rossiya rubli 0,76 so'mga oshdi va 148,80 so'mni tashkil qildi.
Xitoy yuani 13,08 so'mga qimmatlab, 1800,68 so'm etib belgilandi.
Oltinning 1 grammi uchun narx esa 9 ming 200 so'mga tushib, 1 mln 804 ming 200 so'mni tashkil qildi.
“TradingView” malumotiga ko'ra, bugun, 28 oktyabr Toshkent vaqti bilan soat 17:30 holatiga ko'ra, bitkoin kursi 16 mln 403 ming 644 so'mga oshdi va 970 mln 463 ming 380 so'm etib belgilangan.