Özbekistonda nikohlar kamayişda davom etmoqda
Özbekistonda joriy yilning yanvar–sentyabr oylarida 172 mingta nikoh qayd etildi. Bu haqda Milliy statistika qömitasi xabar berdi.
Qayd etilişiça, nikohlar soni 2025 yilning mos davriga nisbatan 2,8 foizga kamaygan. Hududlar kesimida eng köp nikoh Samarqand viloyatida qayd etilgan – 20 492 ta. Eng kam körsatkiç esa Sirdaryo viloyatida kuzatilib, u yerda 4 330 ta nikoh rasmiylaştirilgan.
Nikohlar soni böyiça hududlar quyidagiça ketma-ketlikda joylaşgan:
Samarqand viloyati – 20 492 ta;
Farğona viloyati – 19 371 ta;
Qaşqadaryo viloyati – 17 652 ta;
Toşkent şahri – 16 906 ta;
Andijon viloyati – 15 139 ta;
Namangan viloyati – 13 751 ta;
Surxondaryo viloyati – 13 279 ta;
Toşkent viloyati – 12 985 ta;
Buxoro viloyati – 9 653 ta;
Xorazm viloyati – 8 342 ta;
Qoraqalpoğiston Respublikasi – 7 741 ta;
Jizzax viloyati – 7 330 ta;
Navoiy viloyati – 5 055 ta;
Sirdaryo viloyati – 4 330 ta.
Şuningdek, joriy yilning dastlabki 9 oyida respublika böyiça 36,8 mingta nikohdan ajraliş holati qayd etilgan. Bu körsatkiç 2025 yilning mos davriga nisbatan 1,4 mingtaga köp.
Şu bilan birga, sönggi yillarda ham nikohlar soni izçil kamaygan. 2021 yilda 305,2 mingta nikoh qayd etilgan bölsa, 2025 yilga kelib bu raqam 267,1 mingtani taşkil qilgan. Yani, tört yil içida nikohlar soni 38,1 mingtaga kamaygan. Joriy yilning yanvar–iyun oylarida esa Özbekistonda 92,3 mingta nikoh qayd etilgan.
Malumot uçun, joriy yilning yanvar–iyun oylarida ajrimlar soni 24 815 tani taşkil qilgan. Har ming aholiga nisbatan ajrimlar koeffitsiyenti 1,3 promillega teng bölgan. Yani, mamlakat aholisi hisobida har 1000 nafar kişiga örtaça 1,3 ta nikohdan ajraliş holati töğri kelgan.
Eslatib ötamiz, joriy yilning 1 oktyabr holatiga köra, Özbekistonning doimiy aholisi soni 39 mln 535 ming 225 kişini taşkil etgani haqida xabar berilgan edi.