Özbekiston va Turkiya örtasida 5 ta bitim imzolandi
Bugun, 29 oktyabr kuni Anqaradagi Prezident majmuasida Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdöğanning uçraşuvidan söng ikki mamlakat örtasidagi bitimlarni imzolaş marosimi bölib ötdi. Bu haqda “Anadolu” xabar berdi.
Qayd etilişiça, 2022 yil 29 martdagi Turkiya Respublikasi Hukumati va Özbekiston Respublikasi Hukumati örtasida mamlakat çegaralaridan ötayotgan transport vositalari va tovarlar haqida oldindan malumot almaşiş töğrisidagi bayonnomaga özgartirişlar kiritiş haqidagi Qöşimça bayonnomani Özbekiston Taşqi işlar vaziri Baxtiyor Saidov va Turkiya Savdo vaziri Ömer Bölat imzolagan.
Özbekiston Respublikasi bilan Turkiya Respublikasi örtasidagi Imtiyozli savdo töğrisidagi bitimga özgartirişlar kiritiş haqidagi bayonnoma Özbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov va Turkiya Savdo vaziri Ömer Bölat hamda tomonidan imzolangan.
Özbekiston Respublikasi Hukumati va Turkiya Respublikasi Hukumati örtasidagi Ijtimoiy taminot töğrisidagi bitimni Özbekiston Taşqi işlar vaziri Saidov va Turkiya Mehnat ijtimoiy himoya vaziri Vedat Işikhan va imzolagan.
Özbekiston Respublikasi Hukumati va Turkiya Respublikasi Hukumati örtasidagi Ijtimoiy taminot töğrisidagi bitimni amalga oşiriş böyiça Mamuriy bitimni Baxtiyor Saidov va Vedat Işikhan imzolagan.
Şuningdek, Özbekiston Respublikasi Hukumati va Turkiya Respublikasi Hukumati örtasida Biznes hamjamiyatini qöllab-quvvatlaş böyiça Oliy darajadagi kengaşni taşkil etiş töğrisidagi bitimga esa Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdöğan imzo çekkan.