USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Şavkat Mirziyoyev Buxorodagi Qöşmadrasa ansambliga bordi

57 марта
Шавкат Мирзиёев Бухородаги Қўшмадраса ансамблига борди

Bugun, 3 noyabr kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev Buxoro şahridagi Qöşmadrasa ansambliga taşrif buyurdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. 

Qayd etilişiça, Abdullaxon madrasasi XVI asr özbek memorçiligining nodir namunalaridan biri, 1588-1590 yillarda Buxoro xonligining Şayboniylar sulolasidan çiqqan hukmdori, buyuk sarkarda va davlat arboblaridan biri Abdullaxon II tomonidan bunyod etilgan.

Madrasa rejasi va içki tuzilişi murakkab muhandislik yeçimi bilan ananaviy Buxoro madrasalaridan farq qiladi. Majmuaning boş kiriş qismi janubga qaragan bölib, u kök rangli koşin va sirli naqşlardan terilgan geometrik mozaika bilan bezatilgan.

XVI asrda madrasa Movarounnahrning eng yirik va nufuzli oliy talim va ilm-fan markazlaridan biri bölgan. Bu yerda ilmi toliblarga diniy va dunyoviy fanlardan dars berilgan. Xususan, madrasada Quron, tafsir, hadis, fiqh, aqoid bilan bir qatorda arab tili va adabiyoti, mantiq, falsafa, matematika, geometriya, tibbiyot fanlari çuqur öqitilgan.

Ansamblning janubiy qismida 1566-1567 yillarda Abdullaxon II tomonidan öz onasi şarafiga bunyod etilgan Modarixon madrasasi joylaşgan. Madrasalar bir-biriga qarama-qarşi, bir öq çiziğida qurilgan.

Qöşmadrasa ansambli 2023-2024 yillarda qiymati 6 milliard sömlik loyiha doirasida qisman restavratsiya qilingan. Bugungi kunda mazkur ansamblga 1 million sayyoh taşrif buyurmoqda.

Davlat rahbariga Qöşmadrasa ansamblini restavratsiya qiliş rejasi taqdimot qilingan.

Prezident sayyohlar uçun yanada qulay şaroitlar yaratiş yuzasidan körsatmalar bergan. 

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: