Davaktiv binosi 251,6 mlrd sömga sotildi
Bugun, 9 noyabr kuni “E-auksion” elektron platformasida Davlat aktivlarini boşqariş agentligining Toşkent şahri Mirobod tumanida joylaşgan mamuriy binosini sotiş böyiça auktsion savdolari bölib ötdi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilişiça, obektning boşlanğiç qiymati 165,5 mlrd söm bölgan va 251,6 mlrd sömga sotilgan. Şu tariqa, yakuniy narx boşlanğiç narxdan 52 foizga kötarilgan.
Davlat aktivlarini boşqariş agentligining mamuriy binosi ilk bor oçiq auktsion savdolariga 2025 yilning avgust oyida 165,5 mlrd söm boşlanğiç narx bilan qöyilgan. Sotuv vazirliklar, idoralar va ularning böysunuvidagi taşkilotlarni Yangi Toşkentga köçiriş dasturi doirasida amalga oşirilmoqda, uşbu dastur poytaxtdagi 83 ta köçmas mulk obektini sotişni nazarda tutadi.
Bugungi holatga köra, Toşkentda vazirlik va idoralarning umumiy summasi 1 120,4 mlrd sömlik 8 ta mamuriy binosi sotib bölingan. Yana 11 ta obekt umumiy boşlanğiç qiymati 1 020,5 mlrd söm bilan savdolarga çiqarilgan. Böşatilayotgan mamuriy binolarni sotişdan tuşadigan mablağlar Yangi Toşkentda yangi mamuriy infratuzilmani qurişga yönaltiriladi.
“Şunday qilib, davlat köçmas mulk obektlarini oçiq elektron savdolar orqali realizatsiya qiliş jarayonning şaffofligini taminlaş hamda olingan mablağlarni davlat organlarining zamonaviy infratuzilmasini şakllantirişga yönaltiriş imkonini beradi”, deyiladi xabarda.
Eslatib ötamiz, joriy yilning 26 oktyabr kuni Toşkent şahri Yunusobod tumanida joylaşgan aerogeodeziya markazi binosi 213,09 mlrd sömga sotilgandi.