Apple’ning iPhone kamerasi uçun masul rahbari kompaniyani tark etdi
Apple kompaniyasida iPhone kamerasi va suratlar ilovasi uçun masul bölgan vitse-prezident Jon Makkormak sakkiz yildan ortiq faoliyatidan keyin pensiyaga çiqdi. Uning lavozimiga hozirça yangi rahbar tayinlanmagan, vazifalari esa boşqa menejerlar örtasida taqsimlangan. Bu haqda Bloomberg agentligi xabar berdi.
Malum qilinişiça, Makkormak oktyabr oyi oxirida kompaniyani tark etgan. Apple uning örniga alohida voris tayinlaş örniga, vazifalarini amaldagi örinbosarlari örtasida taqsimlaşga qaror qilgan.
Kompaniyadagi qayta taşkil etiş jarayonini dasturiy taminot işlab çiqiş böyiça katta vitse-prezident Kreyg Federigi nazorat qiladi. U dasturiy algoritmlar, Apple’ning öz çiplari va optik uskunalarni birlaştiruvçi ixtisoslaşgan bölinmadagi özgarişlarga masul böladi.
Jon Makkormak Apple’da kamera va suratlar ilovalari, şuningdek, suratlarni qayta işlaş arxitekturasi va texnologiyalarini işlab çiqişga rahbarlik qilgan. Uning jamoasi iPhone 17 turkumi uçun yangilangan old kamera tizimini işlab çiqqan. Şuningdek, iPhone 18 Pro modellarida özgaruvçan diafragmali kamera va professional sozlamalarga ega yangi interfeys joriy etilgan.
Malumotlarga köra, Makkormak suratlarni yaratiş yoki ularni sezilarli darajada özgartirişda generativ suniy intellektdan foydalanişga qarşi bölgan. U fotosuratlar haqiqiy voqealar va lahzalarni aks ettirişi kerak, deb hisoblagan.
Bu qaraşlar Apple’ning mahsulotlari va suratlar ilovasiga suniy intellekt vositalarini keng joriy etiş rejalariga mos kelmagan. Biroq agentlik manbalari Makkormakning kompaniyadan ketişi suniy intellekt strategiyasi böyiça kelişmovçiliklar bilan boğliq emasligini takidlagan.
Uşbu özgarişlar smartfon kameralarida generativ suniy intellekt texnologiyalari keng qöllanilayotgan davrga töğri kelmoqda. Jumladan, Google va Samsung kabi raqobatçilar foydalanuvçilarga suratlarni suniy intellekt yordamida sezilarli darajada özgartiriş imkonini beruvçi vositalarni taklif qilmoqda.
Malumot uçun, 2026 yil sentyabr oyi oxirida Apple boş direktori Jon Ternus kompaniyadagi ayrim boşqaruv lavozimlarini qisqartirişni rejalaştirayotgani haqida xabar berilgan edi. Şuningdek, u suniy intellekt davrida raqobatbardoşlikni saqlaş uçun yangi qurilmalarni tezroq işlab çiqariş va yangi yeçimlarni sinab köriş jarayonlarini jadallaştirmoqçi ekani aytilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Apple kompaniyasi tarixda ilk bor sensorli ekran bilan jihozlangan MacBook Pro noutbuklarini namoyiş etganligi haqida xabar berilgan edi.