Narkologik kasallikka yöliqqan mahkumlarga mehnat terapiyasi qöllanişi mumkin
14-07-2025, 07:44
123 марта

Tibbiy yösindagi majburlov çoralari qöllangan hukm qilingan şaxslar jazoni ijro etiş muassasalarining qabul bölimida şifokor-narkolog yoki şifokor-psixiatr tomonidan röyxatga olinadi va 3 kun içida taşxis qöyiladi hamda majburiy davolaşning davomiyligi belgilanadi.
Jazoni ijro etiş koloniyalarida jazo muddatini ötayotgan mahkumlarga tibbiy yösindagi majburlov çoralari jazoni ijro etiş tizimining ixtisoslaştirilgan muassasalari tomonidan amalga oşiriladi.
Manzil-koloniyalarida saqlanayotgan mahkumlarning tibbiy yösindagi majburlov çoralari umumiy asosda soğliqni saqlaş tizimining majburiy davolaş uçun möljallangan narkologiya muassasalarida amalga oşiriladi.
Narkologik kasallikka çalingan şaxsni majburiy davolaş davomiyligi olti oydan kam bölmasligi hamda ön sakkiz oydan oşmasligi kerak.
Tibbiy yösindagi majburlov çoralari qöllaşga hukm qilingan şaxslarni tekşiriş va davolaş Soğliqni saqlaş vazirligi tomonidan belgilangan standartlar va klinik bayonnomalarga muvofiq amalga oşiriladi.
Statsionar davolaniş uçun yotqizilgan alkogolizm bilan kasallangan bemorlarning narkologik statsionar bölimidagi minimal davolaniş muddati qirq beş kundan, giyohvand yoki zaharvandlarni esa oltmiş kundan kam bölmasligi lozim.
Har bir bemorga statsionar bemorning tibbiy kartasi (kasallik tarixi) töldiriladi, unga bemor töğrisidagi barça zaruriy malumotlar kiritiladi.
Jazoni ijro etiş muassasa tibbiy komissiyasiga davolaş-profilaktika yordamini körsatiş bölimi boşliği raislik qiladi, komissiya tarkibiga şifokor-narkolog (yoki şifokor-psixiatr) hamda şifokor-terapevtlari kiradi.
Jazoni ötaş mobaynida narkologik kasallikdan majburiy davolaş kursini tugallamagan mahkum ozod etilgan taqdirda, jazoni ijro etiş muassasasining mamuriyati u yaşaydigan manzildagi narkologiya muassasasi hamda içki işlar organlarini mahkumni ozod etilganligi töğrisida nizom ilovasiga muvofiq şaklda quyidagi muddatlarda xabardor qilinadi:
sud tayinlagan jazo muddatini ötab bölganligi munosabati bilan ozod etilayotganligi töğrisida – ön kun oldin;
jazodan muddatidan ilgari şartli ozod qiliş, jazoni yengilroği bilan almaştiriş, amnistiya akti yoki afv etiş munosabati bilan ozod etilganligi töğrisida – uç kun muddat içida