Hindistonlik ayolda heç kimda yöq qon guruhi topildi
31-07-2025, 09:18
233 марта

Hindistonlik ayolda heç kimda yöq qon guruhi topildi
Hindistonning Karnataka ştati Kolar tumanidan bölgan ayolda dunyo böyiça ilgari nomalum bölgan qon guruhi antigeni topildi. Bu haqda “The New Indian Express” xabar berdi.
Bu noyob holat 38 yoşli ayol yurak jarrohligi uçun Kolar şahridagi şifoxonaga yotqizilganida malum bölgan.Uning qon guruhi eng köp tarqalgan O Rh+ deya tahmin qilingan, biroq mavjud O-pozitiv qon zaxiralarining birortasi ham unga mos kelmagan.
“Murakkab serologik usullar yordamida biz uning qoni barça test namunalari bilan mos kelmasligini aniqladik. Bu juda kam uçraydigan yoki ilgari nomalum bölgan qon turi bölişi mumkinligini tuşunib, bemorning 20 nafar qarindoşidan qon namunalari oldik, ammo heç biri mos kelmadi. Jarayon juda ehtiyotkorlik bilan olib borildi va şifokorlar hamda oila azolarining hamkorligi bilan bemor qon quyişga ehtiyoj sezmasdan muvaffaqiyatli operatsiya qilindi”, degan şifoxona doktorlaridan biri.
Bemordan olingan qon namunalari va uning oila azolarining namunasi Buyuk Britaniyaning Bristol şahridagi Xalqaro qon guruhlari malumot markaziga yuborilgan. Ön oy davomida olib borilgan keng kölamli tadqiqotlar va molekulyar testlar natijasida ilgari nomalum bölgan qon guruhi antigeni aniqlangan.
Uşbu antigen Cromer (CR) qon guruhi tizimiga kiradi va u topilgan joy şarafiga CRIB deb nomlangan. CR – “Cromer”, IB esa “ India, Bangalore” manosini anglatadi. Şu bilan ayol CRIB antigeni aniqlangan dunyodagi ilk bemor sifatida tarixga kirgan.