1 iyuldan nimalar özgaradi?
Soliq tizimidagi soddalaştirişlar, turistlar uçun yangi elektron SIM-kartalar, davlat tomonidan qoplanadigan sertifikatlar, “bolniçniy” tölovlari va bojlar, oşirilayotgan oylik, bola puli va yordam pullari hamda 5 foizga qimmatlayotgan elektron tovarlar “rastamojka”si. Özbekistonda 1 iyuldan nimalar özgaradi? Quyida QALAMPIR.UZ şular haqida söz yuritadi.
Soliq tizimidagi özgarişlar
Özbekistonda joriy yilning 1 iyul sanasidan boşlab Soliq qömitasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda soliqlar böyiça tölovlarni amalga oşiriş, ortiqça tölov va qarzdorlik summalarini yagona ğaznaçilik hisobvaraği orqali özaro hisobga oliş tizimini joriy qilişi kerak. Bu haqda 2025 yil 20 avgust kuni Özbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan V oçiq muloqotidan söng imzolagan, belgilangan vazifalarni amalga oşiriş çora-tadbirlari böyiça farmonida keltirilgan.
Unga köra, Iqtisodiyot va moliya vazirligining Ğaznaçiligida soliqlar uçun bitta yagona hisob raqami bölişi nazarda tutilgan bölib, soliq tölovçi u yerga pul ötkazganida, tizimning özi qaysi soliqqa qança kerak bölsa, taqsimlab olaveradi. Yani, tadbirkor yoki oddiy fuqaro “ortiqça tölagan pulimni boşqa soliğimga ötkazib bering” deb Soliq idorasiga ariza kötarib borişi şart bölmaydi. Hammasi avtomatik hisob-kitob qilinadi. Biroq hozirça qömita bu xususda töliq malumot bermagan.
“Avtokameral” soliq tekşiruvi bekor qilinadi
Özbekistonda 2026 yil 1 iyuldan boşlab “avtokameral” soliq tekşiruvi bekor qilinadi. Yani, tekşiruvdan oldingi tahlil doirasida aniqlangan tafovutlar böyiça aniqlaştirilgan soliq hisobotini yoki asoslovçi hujjatlarni taqdim etiş majburiyati bekor qilinadi.
Şu bilan birga, 1 iyuldan soliq xavfi örta bölgan soliq tölovçilarga aniqlangan xavflar töğrisida xabarnoma yuboriş tizimi joriy etiladi. Bunda aniqlangan kamçiliklar bir oy içida bartaraf etilgan taqdirda, soliq tekşiruvlari ötkazilmaydi.
Özbekistonda Milliy turizm yagona platformasi işga tuşiriladi
Özbekistonda 2026 yil 1 iyuldan Milliy turizm yagona platformasi işga tuşiriladi. Bu ötgan yil noyabr oyida Prezidentning Turizm qömitasi faoliyatini taşkil etiş va turizm sohasini jadal rivojlantirişga oid qarorida belgilangan edi.
Unga köra, yangi platforma orqali xorijiy sayyohlar davlat çegarasidan ötganida, ularning roziligi bilan turistik elektron SIM-kartaga ulanişi va vaqtinça yaşaş joyi böyiça röyxatdan ötişi avtomatik tarzda amalga oşiriladi. Şuningdek, transport çiptalarini hamda muzey va boşqa turistik obektlarga kiriş biletlarini onlayn xarid qiliş imkoniyati yaratiladi.
Platforma tarkibida interaktiv xaritalar, audio va video gidlar hamda onlayn translyatsiyalar orqali sayyohlarga turistik obektlar haqida malumot beradigan raqamli gid xizmati ham işlaydi. Şuningdek, aholi “Soliq” mobil ilovasi orqali dala hovlilarini soddalaştirilgan tartibda ijaraga bera oladi.
Vaqtinça mehnatga layoqatsizlik nafaqasi tölaş boşlanadi
Özbekistonda 2026 yil 1 iyuldan boşlab suğurta hodisalari yuzaga kelganda suğurtalangan şaxslarga vaqtinça mehnatga layoqatsizlik nafaqasi tölanadi. Bu haqda 2025 yilning 17 dekabr kuni hukumat qarori bilan “Davlat ijtimoiy suğurtasi doirasida vaqtinça mehnatga layoqatsizlik hamda homiladorlik va tuğiş nafaqalarini tayinlaş hamda tölaş tartibi töğrisida”gi nizom tasdiqlangan. Yangi tartibga köra, kamida 6 oylik suğurta stajiga ega xodim kasallik varaqasi olsa, kalendar yilidagi birinçi 5 kun uçun nafaqani iş beruvçi tölaydi va 6-kundan boşlab 182 kungaça bölgan davr uçun tölovlar Davlat ijtimoiy suğurta jamğarmasi hisobidan amalga oşiriladi.
Tölovlar proaktiv tarzda, inson omilisiz hisoblanadi va ijtimoiy kartaga avtomatik ötkaziladi. Nafaqalar har oy ikki bosqiçda tölanadi. Yani, oyning birinçi yarmi uçun – 25 sanagaça, ikkinçi yarmi uçun – keyingi oyning 10 sanasigaça. Nafaqa miqdori xodimning örtaça oylik iş haqi va suğurta stajiga qarab hisoblanadi. Bunda, 6 oydan 8 yilgaça suğurta staji bölsa – örtaça iş haqining 60 foizi, 8 yildan ortiq suğurta staji bölsa – 80 foizi tölanadi.
Korruptsiyaga qarşi yangi tizim
1 iyuldan davlat idoralarida korruptsiyaga qarşi yangi Milliy sertifikatlaştiriş menejment tizimi bosqiçma-bosqiç joriy etiladi. Avvalo korruptsiyaga qarşi işlari natijalariga köra “qoniqarsiz” deb baholangan davlat organlari uşbu tizimga ötkaziladi. Tizimni belgilangan muddatda joriy etmagan taşkilotlar rahbarlari va ularning örinbosarlariga u töliq yölga qöyilgunça rağbatlantiriş tölovlari töxtatiladi. Şu bilan birga, Korruptsiyaga qarşi kuraşiş agentligi, huquqni muhofaza qiluvçi va nazorat organlari, ilmiy muassasalar hamda fuqarolik jamiyati institutlari hamkorligiga asoslangan korruptsiyaning oldini olişning yagona tizimi joriy etiladi.
Şuningdek, “Raqamli komplayens” axborot dasturiy kompleksi sinov tariqasida işga tuşiriladi. U orqali korruptsiyaning oldini oliş tizimi iştirokçilari örtasida tezkor malumot almaşiş yölga qöyiladi. Bunda “E-Komplaens” moduli işga tuşirilib, davlat organlari va taşkilotlarining korruptsiyaga qarşi içki nazorat bölinmalari faoliyati töliq raqamlaştiriladi.
Mahalliy işlab çiqariş qöllab-quvvatlanadi
Prezidentning ötgan yil 6 fevral kuni qabul qilingan “Mahalliy işlab çiqariş va sanoat kooperatsiyasini yangi tizim asosida rivojlantiriş böyiça birinçi navbatdagi çora-tadbirlar töğrisida”gi farmoniga binoan, 2026 yil 1 iyuldan boşlab raqobatbardoş mahsulotlar işlab çiqaruvçi tadbirkorlar qöllab-quvvatlanadi hamda vositaçi-broker va dilerlarga davlat xaridlarida iştirok etiş huquqi beriladi. Buning uçun mutasaddi idora milliy iqtisodiyotga qöşimça qiymat yaratadigan va işlab çiqariş tavsiya etiladigan raqobatbardoş mahsulotlar röyxatini şakllantirib, elon qilib boradi. Mazkur röyxatga kiritilgan mahsulotlarni özlaştirgan tadbirkorlar bilan kafolatli xarid şartnomalari tuziladi. Şuningdek, bunday mahsulotlarni işlab çiqaruvçi korxonalar tadbirkorlik subektlarining barqarorlik reytingida qöşimça ballga ega böladi.
Bundan taşqari, joriy sanadan boşlab dasturlarga kiritilgan loyihalar doirasida işlab çiqariş texnologik jarayonida foydalaniladigan, respublikada öxşaşi işlab çiqarilmaydigan, tasdiqlangan röyxat böyiça import qilinadigan xomaşyo va butlovçi buyumlar 3 yil muddatga bojxona bojidan ozod etiladi.
Öqituvçilarga milliy sertifikat olişi uçun subsidiya ajratiladi
Prezidentning tegişli qaroriga muvofiq, 2026 yil 1 iyuldan 2028 yil 1 yanvarga qadar Bandlikka kömaklaşiş davlat jamğarmasi mablağlari hisobidan kasbiy talim sifatini oşirişga yönaltirilgan quyidagi turdagi subsidiyalar joriy etiladi:
- öqituvçi va işlab çiqariş talimi ustalariga xalqaro miqyosda tan olingan kasbiy talimga oid sertifikatlar, şuningdek, Kambağallikni qisqartiriş va bandlik vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan röyxat asosida milliy sertifikatlarni oliş uçun sarflangan mablağlarning 50 foizi, biroq BHMning 20 baravarigaça;
- malakani baholaş markazlarini taşkil etgan tadbirkorlarga xarid qilingan baholaş vositalari xarajatlarining 30 foizi, biroq BHMning 200 baravaridan oşmagan miqdorda qoplab beriladi.
Quriliş uçun ruxsat oliş hamda komunal tizim tarmoqlariga ulaniş soddalaştiriladi
2026 yil 1 iyuldan quriliş uçun ruxsat oliş hamda elektr, gaz, suv va kanalizatsiya tarmoqlariga ulaniş jarayonlari soddalaştirilib, barça xizmatlar yagona ariza asosida körsatiladi. Bu haqda joriy yil 14 aprel kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida ötgan uy-joy qurilişi va urbanizatsiya sohasida amalga oşirilayotgan işlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yiğilişida aytilgan edi. Unda aholi va tadbirkorlar quriliş qiliş uçun avval loyihalaşga ruxsat olişga, keyin arxitektura rejalaştiriş topşiriği işlab çiqişga alohida-alohida ariza berib, oylab vaqt sarflayotgani tanqid qilingandi. Toşkent şahrida 2 ta xizmatni bir bosqiçda körib çiqiş yölga qöyilgani uçun hujjatlarni kelişiş vaqti 3-4 karra kamaygani aytilib, uşbu tajribani 1 iyuldan boşlab, respublikaning barça hududlarida joriy qiliş topşiriği berilgandi.
Şuningdek, majlisda elektr, gaz, suv va kanalizatsiyaga ulaniş böyiça texnik şart oliş uçun ham har bir kommunal idoraga alohida murojaat qiliş mehanizmi bekor qilinib, 1 iyuldan bitta ariza va bitta tölov bilan barça kommunal tarmoqlarga texnik şart oliş imkonini yaratiş vazifasi qöyilgandi. Bular keyinçalik joriy yil 4 iyunda Prezidentning tegişli farmoni bilan hujjatlaştirilib, yuridik kuçga aylantirilgan edi.
Smartfon va noutbuklar olib kirişda 5 foizlik boj
Prezident Şavkat Mirziyoyev tomonidan joriy yilning 13 aprel kuni qabul qilingan “Özbekiston Respublikasida elektron tijorat sohasini yanada rivojlantiriş uçun qulay şart-şaroitlar yaratişga doir çora-tadbirlar töğrisida”gi qaroriga binoan, 1 iyuldan boşlab ayrim maişiy texnika va elektronika tovarlarini xorijdan onlayn xarid qilişda 5 foiz yagona bojxona tölovi joriy etiladi.
Hujjatga köra, bu quyidagi tovarlarga taalluqli: smartfon, noutbuk, planşet, kolonka, mikser, şarbat çiqargiç, soç quritgiç, elektr çoynak, multipişirgiç, dazmol va boşqalar. Şuningdek, 30 ta pozitsiyadagi tovarlar, jumladan, kiyim-keçaklar, poyabzal, soatlar, xotira qurilmalari, quvvatlagiç, fonar, quloqçin, monitor va proyektorlar, videoöyin apparatlari kabi tovarlar uçun esa qöşilgan qiymat soliği va 3 foiz miqdorida bojxona boji tölanadi.
Qolaversa, xalqaro darajada röyxatdan ötgan maşhur brend tovarlari (yani rasmiy brendlar) endi Özbekistonga olib kirilib, “aylanma yöl” bilan sotilişiga çeklov qöyiladi. Aniqroq aytganda, bunday tovarlarni bond omboriga joylab, keyin maxsus onlayn platformalar orqali sotiş taqiqlanadi.
Elektr tejamkorligi böyiça majburiyat
1 iyuldan davlat idoralari va davlat korxonalarining yangi quriladigan hamda tamirlanadigan binolari energiya tejamkorligi böyiça kamida “S” toifasiga mos bölişi majburiy böladi. Yani bunday binolar elektr, gaz va issiqlik energiyasini kamroq sarflaydigan standartlarga javob berişi kerak böladi. Biroq bunda elektr energiyasi va tabiiy gazni istemolçilarni tarmoqdan ajratiş va çeklov kiritiş hisobidan tejaşga yöl qöyilmaydi. Bu haqdagi Prezident farmoni joriy yil 29 aprel kuni qabul qilingan edi.
Soliq tizimidagi yengillik
Joriy yil 29 may kuni Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev “Kiçik biznes subektlarining ösişi uçun yanada qulay iqtisodiy va mamuriy şart-şaroitlar yaratiş töğrisida”gi farmoniga asosan, Soliq qömitasi 2026 yil 1 iyuldan boşlab kameral soliq tekşiruvi talabnomasiga tuşuntirişlar va (yoki) tuzatişlar taqdim etilganda soliq tölovçilarning banklardagi hisobvaraqlari böyiça operatsiyalarni faollaştiriş jarayonini töliq avtomatlaştiradi. Yani, soliqda muammo bölib, bank hisobi töxtatilgan bölsa, keyin soliq talab qilgan hujjatlar yoki tuşuntirişlar berilsa, hisob avtomatik ravişda özi qayta işlaydi.
Oşayotgan bola puli va eng kam oylik iş haqi
Özbekiston Mudofaa vaziri Şuhrat Xolmuhammedovning “Axborot 24” dasturida malum qilişiça, mudofaa işlar organlari fuqaro xodimlarining iş haqi miqdori joriy yil 1 iyuldan 20 foizga oşiriladi.
Şuningdek, 2026 yil 1 iyuldan pensiyalar va nafaqalar hamda Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarga bolalar nafaqalari va moddiy yordam tölovlari miqdorlari 7 foizga oşiriladi. Bu haqda Prezident imzolagan “Iş haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oşiriş töğrisida”gi farmonda belgilangan.
Bunda:
- yoşga doir eng kam pensiya miqdori – oyiga 983 000 söm;
- nogironlik pensiyalarining eng kam miqdori – oyiga 1 083 000 söm;
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarga bolalar nafaqasining har oylik miqdori:
- 3 yoşgaça bölgan 1 ta kiçik farzandi uçun – 386 000 söm, 3 yoşdan 18 yoşgaça bölgan 1 ta farzandi uçun – 295 000 söm;
- oilaning 2-farzandi uçun qöşimça – 177 000 söm;
- oilaning 3- va undan keyingi har bir farzandi uçun qöşimça – 118 000 söm;
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar uçun moddiy yordamning oylik miqdori – 450 000 söm etib belgilanadi.
Şu bilan birga, 1 iyuldan pensiyani hisoblaşning bazaviy miqdori – oyiga 504 000 söm etib belgilanadi.