Şavkat Mirziyoyev ertaga Qozoğistonga boradi
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Qozoğiston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart Töqayev va Iordaniya Hoşimiylar Podşohligi podşohi Abdulla II ning taklifiga binoan joriy yilning 5-6 noyabr kunlari amaliy taşrif bilan Ostona şahrida böladi. Bu haqda Özbekiston yetakçisining matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilişiça, davlat rahbari suniy intellekt sohasida xavfsizlikni taminlaş, uning terroristik va ekstremistik maqsadlarda işlatilişiga qarşi kuraşiş, yangi texnologik xatar hamda tahdidlarga javob qaytarişda xalqaro va mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlaş masalalariga bağişlangan Markaziy Osiyo davlatlari yetakçilarining Aqaba jarayoni doirasidagi uçraşuvida iştirok etadi.
Aqaba jarayoni 2015 yilda Podşoh Abdulla II tomonidan ilgari surilgan xalqaro taşabbus bölib, terrorizm va ekstremizmga qarşi kuraşişda xalqaro hamkorlikni mustahkamlaş hamda xavfsizlikni taminlaş sohasida tajriba almaşiş va qöşma say-harakatlarni muvofiqlaştirişga qaratilgan.