Urganç aeroportini Janubiy Koreya kompaniyasi modernizatsiya qiladi va boşqaradi
18-04-2025, 14:17
994 марта
Urganç xalqaro aeroportini DXŞ asosida modernizatsiya qiliş va boşqariş böyiça ötkazilgan tenderda Janubiy Koreyaning Inçeon International Airport Corporation kompaniyasi ğolib böldi.
Urganç xalqaro aeroportini davlat-xususiy şeriklik (DXŞ) asosida modernizatsiya qiliş va boşqariş böyiça tenderning barça bosqiçlari yakunlandi. Tanlov natijasida Inçeon International Airport Corporation (Janubiy Koreya) ğolib deb topildi. Bu haqda Uzbekistan Airports xabar qildi.
Eslatib ötamiz, 2024 yilning 1 avgustida «Urganç xalqaro aeroportini modernizatsiya qiliş va boşqariş» loyihasini «Quriş-boşqariş-topşiriş» (BOT) böyiça oçiq tender elon qilingan edi, tanlov ikki bosqiçda bölib ötdi: malaka sörovi (RfQ) va takliflar sörovi (RfP). Tenderda sakkizta kompaniya iştirok etdi, ulardan beştasi ikkinçi yakuniy bosqiçga ötdi, şundan söng idoralararo tender komissiyasi ğolibni aniqladi.
Takidlanişiça, DXŞ loyihasi aeroportni modernizatsiya qiliş va boşqariş loyihasini birgalikda amalga oşirişni nazarda tutadi. Xususiy şerik yölovçi va yuk terminallarini quriş va boşqariş, şu jumladan, yerda xizmat körsatiş işlarini amalga oşiradi. Davlat şerigi aerodrom majmuasini quriş va boşqariş (uçiş-qöniş yölagi, perron) uçun javobgarlikni öziga oladi. Loyihaga köra keyingi qadam 19 yillik kontsessiya muddatini öz içiga olgan DXŞ şartnomasini tuziş böladi.
«Tanlov ğolibi bölgan Inçeon xalqaro aeroporti nafaqat Koreya Respublikasining asosiy havo darvozasi, balki Şimoliy-Şarqiy Osiyodagi eng yirik transport markazlaridan biri bölib, u bir neça marotaba dunyoning eng rivojlangan va gavjum aeroportlari 10 taligiga kirgan. 2024 yil yakunlari böyiça aeroport 70 million yölovçiga xizmat körsatgan. Urgançdagi loyihani amalga oşiradigan jamoa Xorazm aeroportini yölovçilar uçun eng zamonaviy va qulay aeroportlardan biriga aylantirib, mintaqaning xorijlik sayyohlar uçun jozibadorligini oşirişiga va umuman, Özbekiston aviatsiya sohasini rivojlantirişga hissa qöşişiga işonamiz» — deya izoh berdi Uzbekistan Airports kompaniyasi.
Urganç xalqaro aeroportini modernizatsiya qiliş va boşqariş böyiça davlat-xususiy şeriklik loyihasi Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 30 avgustdagi PQ-308-son qarori ijrosi doirasida Uzbekistan Airports AJ tomonidan Transport hamda Iqtisodiyot va moliya vazirliklari bilan hamkorlikda amalga oşirilmoqda.