USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Tramp Hormuzni “Tramp böğozi” deb özgartirmoqçi

137 марта

Tramp Hormuzni “Tramp böğozi” deb özgartirmoqçi

AQŞ Prezidenti Donald Tramp Truth Social ijtimoiy tarmoğida Hormuz böğozini “Tramp böğozi” deb nomlangan rasmni joylaştirdi.

Mart oyining oxirida Mayamida ötkazilgan investitsiya forumida Tramp hazil tariqasida Hormuz böğozini öz nomi bilan atab, “ular Tramp böğozini oçişga majbur böladi”, degan edi va bunday bayonotlar tasodifiy emasligini qöşimça qilgan. Oradan köp ötmay “New York Post” manbalarga tayanib, Tramp Hormuz böğozini “Amerika böğozi” deb qayta nomlaş imkoniyatini körib çiqayotganini xabar qilgan.

Oq uyga qaytganidan söng Tramp muhim obektlarni öz nomi bilan qayta nomlaş taşabbuslarini faol ilgari surmoqda. Xususan, 2025 yilda Amerika Tinçlik institutini “Tramp nomidagi Amerika tinçlik instituti” deb qayta nomlangan.


Bundan taşqari, u geografik obektlar nomini özgartiriş taşabbuslari bilan ham çiqqan. 2025 yil yanvar oyida u Meksika qöltiğini “Amerika qöltiği”, Denali toğini esa “Mak-Kinli” deb qayta nomlaşni buyurgan. Meksika tomonida bu qarorlar tanqid qilinib, “Meksika qöltiği” nomi asrlar davomida xalqaro navigatsiyada qöllanib kelayotgani takidlangan.

28 fevral kuni AQŞ va Isroilning Eronga qarşi operatsiyasi boşlanganidan söng Tehron Hormuz böğozini blokada qilişini elon qilgan. Aprel örtalarida muzokaralar muvaffaqiyatsiz yakunlangaç, Tramp AQŞ tomonidan harbiy blokada joriy etilişini malum qilgan. Uning aytişiça, bu çoralar Eron neft eksportini töxtatiş va Tehronga bosimni kuçaytirişga qaratilgan.

AQŞ, şuningdek, böğozdan ötiş uçun Eronga haq tölagan deb gumon qilingan kemalarni uşlab qolişni boşlagan. Oqibatda, böğoz orqali kema qatnovi deyarli töxtab qolgan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: