AQŞ qömondonligi Yevropadagi qöşinlar sonini oşkor qildi
1-05-2026, 12:29
124 марта

AQŞ qömondonligi Yevropadagi qöşinlar sonini oşkor qildi
AQŞ Qurolli kuçlarining Yevropa qömondonligi EUCOM malumotiga köra, Yevropada taxminan 80 ming nafar amerikalik harbiy xizmatçi joylaştirilgan. Ularning qariyb yarmi Germaniya hududida xizmat qilmoqda. Bu haqda AQŞ qömondonligi vakili TACC naşriga bergan intervyusida söz oçdi.Uning aytişiça, hozirda Yevropa harbiy hududida 80 mingga yaqin AQŞ harbiylari joylaşgan. Şundan qariyb 38 ming nafari doimiy va rotatsion asosda Germaniyada xizmat qilmoqda.
Amerika tomonining takidlaşiça, qöşinlar soni va tarkibi xalqaro vaziyatga qarab doimiy ravişda özgarib turadi.
Avvalroq, AQŞ Prezidenti Donald Tramp Vaşington Germaniyadagi harbiylar sonini qisqartiriş imkoniyatini körib çiqayotganini bildirgan edi. Uning aytişiça, bu boradagi qaror yaqin vaqt içida qabul qilinadi.
Trampning Germaniyadagi harbiy kontingentni qisqartiriş haqidagi bayonotlari Germaniya kantsleri Fridrix Merts bilan munosabatlar keskinlaşgan fonida yangradi. AQŞ rahbari Germaniya Ukrainadagi mojaroga köproq etibor qaratişi kerakligini, Vaşington va Tehron örtasidagi qarama-qarşilikka aralaşmasligi lozimligini takidlagan.
Bundan taşqari, Tramp AQŞ qöşinlarini Italiya va Ispaniyadan ham çiqariş ehtimolini istisno qilmagan. U buni uşbu davlatlar AQŞning Eronga qarşi uruşida yordam berişdan boş tortgani bilan izohlagan. Xususan, ular AQŞ harbiy samolyotlari uçun bazalar taqdim etmagan.
Germaniya AQŞning Yevropadagi asosiy harbiy tayanç nuqtasi hisoblanadi. Amerika qöşinlari bu yerda Ikkinçi jahon uruşi tugaganidan beri joylaşgan, Sovuq uruş davrida esa mamlakat NATOning SSSRga qarşi asosiy tayançiga aylangan.