Qozoğistonda zavod portladi. Qurbonlar bor
5-05-2026, 16:15
238 марта

Qozoğistonda zavod portladi. Qurbonlar bor
Bugun, 5 may kuni Qozoğistonning Ust-Kamenogorsk (Oskemen) şahridagi “Kaztsink” MÇJ zavodida katta portlaş yuz berdi. Oqibatda 2 kişi halok böldi. Bu haqda “Tengrinews” xabar berdi.Favqulodda vaziyatlar vazirligining malumotiga köra, zavodlardan birining hududida çangni uşlab qoluvçi qurilma portlab, undan keyin yonğin yuzaga kelgan va qisman qulaş sodir bölgan. Hududda oçiq yonğin kuzatilgan.
Dastlabki malumotlarga köra, favqulodda hodisa oqibatida 6 kişi jabrlangan. Şuningdek, ehtimoliy jabrlanganlarni qidiriş işlari ham olib borilmoqda.
Hodisa joyiga 40 nafar xodim va 10 ta texnika jalb etilgan. Yonğin maydoni aniqlanmoqda.
Uşbu zavodda 2023 yilda ham yonğin kuzatilgan edi. Öşanda yonğinda halok bölgan 14 kişining oilalariga bir million tengedan berilgandi.