USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

“Oreşnik”, “Iskander”, “Kinjal”: Rossiyada qança raketa bor?

51 марта

“Oreşnik”, “Iskander”, “Kinjal”: Rossiyada qança raketa bor?

Manba: “Kabar
Rossiya Ukrainaga qarşi raketa hujumlarini kuçaytirganiga qaramay, arsenallarini kengaytirişda davom etmoqda. Bu haqda Ukraina boş razvedka boşqarmasiga tayanib, NV naşri xabar berdi.
Malumotlarga köra, Rossiya yangi raketalar işlab çiqariş suratini tezlaştirgan. 2026 yil aprel oyining örtalarida quyidagi raketalar mavjud edi:
  • 200 tagaça “Iskander-M” ballistik raketalari;
  • 110 tagaça “Iskander-K” qanotli raketalari;
  • 100 tagaça gipertovuşli “Kinjal” aeroballistik raketalari;
  • 460 tagaça “Kalibr” qanotli raketalari;
  • 690 tagaça “Oniks” qanotli raketalari;
  • “Tu-160”, “Tu-95” strategik aviatsiya samolyotlari uçun 120 tagaça X-101 qanotli raketalari;
  • 350 tagaça X-22/32 qanotli raketalar (“Tu-22” uçun);
  • 230 tagaça gipertovuşli kemaga qarşi “Tsirkon” raketalari;
  • 50 tagaça Şimoliy Koreyaning “KN-23” ballistik raketalari;
  • S-300PM/S-400 tipidagi zenit-raketa tizimlari uçun 450 tagaça “RM-48U” zarba beruvçi raketalari;
  • “Su-30 MK”, “Su-34”, “Su-57” samolyotlari uçun 25 tagaça X-69 boşqariladigan raketalari;
  • 2,6 mingtagaça X-29/31/35/58/59 tipidagi boşqariladigan aviatsiya raketalari;
  • “Oreşnik turidagi 10 tagaça örta masofali ballistik raketalar.
Rossiyaliklar 2025 yil dekabr oyida ham taxminan şunça raketaga ega edi. “Kinjal”lar bundan mustasno, öşa paytda ularning soni 50 tagaça bölgan.
Rossiya har oyda qança raketa işlab çiqarişga qodir?
Rossiya zaxiralarni kerakli darajada uşlab turiş uçun yangi raketalarni işlab çiqarişni faol davom ettirmoqda. Ukraina razvedkasi hisob-kitoblariga köra, har oyda Rossiya quyidagi miqdorda raketa işlab çiqarişga qodir:
  • 60 tagaça “Iskander-M” raketasi;
  • 10 tagaça “Iskander-K” raketasi;
  • 10 tagaça “Kinjal”;
  • 25 tagaça “Kalibr”;
  • 70 gaça X-101;
  • 8 gaça X-32;
  • 5 tagaça “Oniks” raketasi;
  • 3 tagaça “Tsirkon”;
  • taxminan 20 ta X-35;
  • 5 tagaça X-69;
  • 40 tagaça zarbdor “RM-48U“;
  • 50 gaça X-29/31/35/58/59.
Eslatib ötamiz, Rossiya 8-9 may kunlari parad oldidan öt oçişni töxtatişini eʻlon qildi. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bunga javoban 6 mayga ötar keçasi “sukunat rejimi” amal qilişini aytdi.
“Biz uçun inson hayoti har qanday yubileyni “nişonlaş”dan köra qadrlidir. Şu munosabat bilan 5 maydan 6 mayga ötar keçasidan boşlab sukunat rejimini elon qilamiz. Körsatilgan vaqtdan boşlab közgu kabi harakat qilamiz. Agar Rossiya Mudofaa vazirligi paradni Ukrainaning xayrixohligisiz ötkaza olmaymiz, deb hisoblayotgan bölsa, demak Rossiya rahbariyatiga öz uruşini yakunlaş uçun real qadamlar taşlaş vaqti keldi”, dedi Ukraina rahbari.
Rossiya agar parad vaqti Ukraina hujum qilsa, Kiyevga raketalar uçirişidan ogohlantirdi. Ammo Rossiya “sukunat rejimi”da uçta raketa va 108 ta zarba beruvçi dron bilan hujum qildi. Hujumlarda ikkita “Iskander-M” ballistik raketasi va bitta X-31 boşqariladigan aviatsiya raketasi qöllangan. Tun davomida Ukrainaning bir qança viloyatlarida havo hujumidan ogohlantiriş trevorgasi yangragan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: