Sobiq adliya vaziri AQŞga qoçib ketdi
11-05-2026, 14:59
1 173 марта

Sobiq adliya vaziri AQŞga qoçib ketdi
Polşaning sobiq adliya vaziri Zbignev Zyobro öziga nisbatan qöyilgan jinoiy ayblovlar sabab vatanidan qoçib, Vengriya orqali Amerika Qöşma Ştatlariga ketganini tasdiqladi. Bu haqda uning özi keça, 10 may kuni Polşaning öng qanot partiyasiga xayrixoh telekanali Republika’ga bergan intervyusida malum qilgan.“Men Amerika Qöşma Ştatlaridaman. Keça keldim va bu mamlakat böylab uçinçi safarim”, degan u xabarda.Zyobro Polşada bir neçta jinoiy ayblovlar böyiça qidiruvda. Agar u aybdor deb topilsa, 25 yilgaça qamalişi mumkin. Ayblovlar qatorida vakolatni suiistemol qiliş, uyuşgan jinoiy tuzilmaga rahbarlik qiliş hamda jinoyat qurbonlari uçun ajratilgan mablağlarga Isroilning Pegasus ayğoqçi dasturini sotib oliş kiradi.
Tergovga köra, bu dastur siyosiy raqiblarni kuzatiş uçun işlatilgan.
Zyobro esa, barça ayblovlarni rad etib, Polşadagi markazçi hukumatni konservatorlarga qarşi “sehrgarlar ovini” olib borayotganlikda ayblagan.
Ötgan yili Vengriya boş vaziri Viktor Orban hukumati Zyobroga siyosiy boşpana bergan edi. Biroq aprel oyidagi saylovlarda Orban partiyasi mağlub bölgaç, yangi Boş vazir Peter Madyar Vengriya endi boşqa davlatlar qidirayotgan şaxslarni himoya qilmasligini bildirdi.
“Vengriya endi xalqaro qidiruvdagi jinoyatçilar uçun panohgoh bölmaydi”, degan u jurnalistlarga.Madyar, misol sifatida Zyobro va uning sobiq örinbosari Marçin Romanovskiyni keltirdi. Romanovskiy qariyb 40 million yevroni özlaştirişda gumon qilinmoqda.
Polşaning liberal telekanali TVN24 Zyobroning Nyuark Liberti xalqaro aeroportida tuşirilgan suratini elon qildi. Avvalroq, Polşa uning barça safar hujjatlari, jumladan diplomatik pasporti bekor qilinganini aytgan edi. Şu bois, uning Amerika Qöşma Ştatlariga qanday kirgani hozirça noaniq.
“Onet” naşrining yozişiça, Zyobro Republika telekanali bilan boğliq jurnalistik viza olgan bölişi mumkin. Keyinçalik telekanal uni AQŞdagi siyosiy şarhlovçi sifatida işga olganini malum qilgan. Polşa Adliya vaziri Valdemar Jurek X ijtimoiy tarmoğida Polşa AQŞ va Vengriyadan Zyobroning qanday huquqiy asosda mamlakatga kirgani haqida izoh söraşini bildirgan.
“Biz Zbignev Zyobro va Marçin Romanovskiy Polşa adliya tizimi oldida javob berişini taminlaş harakatlarini töxtatmaymiz”, deb aytgan Jurek.Şuningdek, u Zyobroning AQŞda ekanligi tasdiqlansa, Polşa uni ekstraditsiya qilişni söraşini ham aytgan.