AQŞ delegatsiyasi xitoylik mulozimlar bergan narsalarni axlatga uloqtirdi
16-05-2026, 19:18
43 марта

AQŞ delegatsiyasi xitoylik mulozimlar bergan narsalarni axlatga uloqtirdi
AQŞ Prezidenti Donald Trampning Pekinga davlat taşrifi vaqtida unga hamrohlik qilgan AQŞ delegatsiyasi azolari XXRdan uçib ketiş oldidan mahalliy mulozimlar tomonidan berilgan barça narsalarni axlatga uloqtirdi. Bu haqda taşrif buyurganlar tarkibida bölgan “The New York Post” muxbiri Emili Gudin malum qildi.“Xitoydan berilgan heç qaysi narsani samolyot bortiga olişga ruxsat berilmadi”, deb yozdi u özining X ijtimoiy tarmoğidagi sahifasida.
Jurnalistning sözlariga köra, AQŞ vakillari “Air Force One” (Prezident samolyoti) bortiga çiqişdan oldin trap yonidagi axlat qutisiga taşrif davomida özlariga berilgan barça narsalarni – akkreditatsiya kartoçkalari, bir martalik telefonlar va delegatsiya nişonlarini (znaçoklarini) taşlab yuborgan.
“The New York Post” naşrining yozişiça, kiberxavfsizlik nuqtai nazaridan Donald Tramp va delegatsiyaning boşqa azolariga şaxsiy mobil telefonlaridan foydalaniş taqiqlangan. Amerika mamuriyati xodimlari taşrif davomida faqat bir martalik telefonlar va vaqtinçalik elektron poçta manzillaridan foydalangan. Ularning şaxsiy qurilmalari esa Prezident samolyoti bortida GPS, Wi-Fi, Bluetooth va boşqa signallarni bloklovçi maxsus sumkalarda saqlangan.