Germaniyada uçib ketayotgan samolyot havoda portlab ketdi
17-05-2026, 10:43
386 марта

Germaniyada uçib ketayotgan samolyot havoda portlab ketdi
Bugun, 16 may kuni Germaniya janubi-ğarbidagi Limburgerxofda (Reynland-Pfalts federal yeri) yengil motorli samolyot qulaşi oqibatida ikki kişi halok böldi. Bu haqda SWR xabar berdi.Malumotlarga köra, samolyot, ehtimol, havoda portlab ketgan. Uning parçalari atrofga soçilib, yaqin atrofdagi uylar ustiga tuşgan.
Yonğin xavfsizligi xizmatining aniqlik kiritişiça, halokat taxminan soat 11:30 da şahar çekkasidagi Maks Plank köçasi yaqinida yuz bergan. Guvohlarning sözlariga köra, samolyot turarjoy binosiga ham tegib ketgan.
Hodisa oqibatida ikki kişi halok bölgan, yana bir kişi jarohatlangan. SWR naşrining qayd etişiça, halokat joyida juda köp sondagi favqulodda vaziyatlar xizmati xodimlari işlamoqda va samolyot qulagan hudud atrofi örab olingan. Bundan taşqari, voqea joyini havodan turib suratga oliş uçun vertolyot ham jalb etilgan.
Hodisa sabablari hozirça malum emas.