Janubi-Şarqiy Osiyoda yaşagan eng yirik dinozavrning suyak qoldiqlari topildi
17-05-2026, 17:28
127 марта

Janubi-Şarqiy Osiyoda yaşagan eng yirik dinozavrning suyak qoldiqlari topildi
Dinozavr suyaklari ilk bor 10 yil avval Tailandning Çaiyaphum provintsiyasida topilgan. Ularni mahalliy aholi vakili tasodifan topib olgan. Bu yerdagi keyingi qazişma işlari 2024 yilgaça davom etgan.
Janubi-şarqiy Osiyoda yaşagan dinozavrlar içida eng yirigi bölgan bu jonzotga Nagatitan çaiyaphumensis deb nom berildi. Bu nom “naga” (Osiyo folkloridagi afsonaviy ilonsimon mavjudot) va “titan” sözlaridan hamda Çaiyaphum provintsiyasi nomidan kelib çiqqan.
“Biz bu dinozavrni Tailandning “sönggi titani” deb atadik. Bunga sabab, uning qoldiqlari uşbu hudud dengiz tubiga çökişidan sal oldin paydo bölgan dinozavrlar davri qatlamlaridan topilgan. Şu bois bunday yirik zavropodlar yanada yoşroq jins qatlamlaridan topilişiga şubha qilamiz”, deya izoh berdi UCL ilmiy xodimi Titivut Setapaniçsakul.Olimlar suyaklar topilgan toğ jinslarining yoşiga asoslanib dinozavr taxminan 100-120 million yil avval yaşaganini aniqladi. Uning vazni 27 tonna (bu taxminan hozirgi önta filning oğirligiga teng), uzunligi esa 27 metrga yetgan.

Olimlarning fikriça, nagatitan iguanodonlar va seratopsidlar kabi boşqa ötxör dinozavrlar hamda karxarodontozavrlar va spinozavridlar singari yirtqiçlar bilan birga yaşagan.