Bugun Yer yaqinidan asteroid ötadi. U qançalik xavfli?
18-05-2026, 20:42
274 марта

Bugun Yer yaqinidan asteroid ötadi. U qançalik xavfli?
Yevropa kosmik agentligi (ESA) malumotiga köra, yaqinda kaşf etilgan 2026JH2 nomli asteroid bugun, 18 may kuni Yer yonidan xavfsiz tarzda ötib ketadi. Bu haqda CNN xabar berdi.Arizona ştatining Tuson şahridagi Mount Lemmon tadqiqot markazi astronomlari asteroidni 10 may kuni aniqlagan va unga 2026JH2 deb nom bergan. U “Appolon” sinfiga mansub asteroid bölib, Quyoş atrofida Yer orbitasi bilan kesişadigan trayektoriya böylab harakatlanadi.
Eng yaqin ötiş paytida 2026JH2 Yerga taxminan 91 593 kilometr masofagaça yaqinlaşadi. Bu Yer va Oy orasidagi masofaning qariyb 24 foiziga teng bölib, hatto geosinxron suniy yöldoşlar orbitasidan ham ança uzoq hisoblanadi.
Massaçusets texnologiya instituti professori Riçard Binzelning takidlaşiça, asteroid yaqin masofadan ötişiga qaramay, u heç qanday xavf tuğdirmaydi. Uning sözlariga köra, bunday kiçik asteroidlar Yer yonidan juda tez-tez ötib turadi va bu odatiy kosmik hodisa hisoblanadi.
Olimlarning tuşuntirişiça, 2026JH2 Mars va Yupiter orasidagi asteroid kamaridan kelib çiqqan. Asteroidning aniq ölçami hozirça töliq malum emas. Sababi, optik teleskoplar faqat uning yorqinligini qayd etadi, bu esa obektning qançalik katta ekanini aniq körsatmaydi. Taxminlarga köra, 2026JH2 asteroidining diametri 15 metrdan 30 metrgaça bölişi mumkin.
Mutaxassislar uning yaqin ötişini xavotirli holat emas, balki oddiy astronomik hodisa deb baholamoqda. Şu bilan birga, olimlar asteroidning kelajakdagi orbitasini aniq başorat qiliş qiyinligini ham takidlaydi, çunki kiçik kosmik jismlarning harakati vaqt ötişi bilan özgarişi mumkin.