Tramp Eronga rejalaştirilgan hujumni yana keçiktirdi
19-05-2026, 10:44
59 марта

Tramp Eronga rejalaştirilgan hujumni yana keçiktirdi
AQŞ Prezidenti Donald Tramp Eronga bugun, 19 may kuni rejalaştirilgan harbiy hujumni keçiktirganini malum qildi. U bu haqda Truth Social ijtimoiy tarmoğida yozdi.Trampning aytişiça, hujumdan voz keçişni undan Qatar Amiri şayx Tamim bin Hamad Ol Soniy, Saudiya Arabistoni Valiahdi va Boş vaziri Muhammad bin Salmon Ol Saud hamda BAA Prezidenti şayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon söragan.
Uning sözlariga köra, hozirda “jiddiy muzokaralar” ketmoqda. Tramp bu muzokaralar natijasida AQŞ, Yaqin Şarq davlatlari va boşqa mamlakatlar uçun “maqbul kelişuv”ga erişilişini aytgan.
Şuningdek, u bölajak kelişuv Eronning yadroviy qurolga ega bölişini taqiqlaşini takidladi.
Biroq Tramp Pentagon rahbari Pit Hegset, Qurolli kuçlar ştab boşliqlari qömitasi raisi Den Keyn hamda AQŞ armiyasiga “agar kelişuvga erişilmasa, istalgan vaqtda Eronga qarşi keng kölamli hujumga tayyor turiş” böyiça topşiriq berilganini ham bildirgan.
“Reuters” agentligining yozişiça, bu vaqtgaça AQŞ 19 may kuni Eronga zarba berişni rejalaştirgani haqida oçiq malumot bermagan.
18 may kuni Eron TIV vakili Tehronning pozitsiyasi AQŞga Pokiston orqali yetkazilganini aytgan.