“Tolibon” qizlar sukunatini nikoh uçun rozilik belgisi deb qabul qildi
19-05-2026, 13:22
60 марта

“Tolibon” qizlar sukunatini nikoh uçun rozilik belgisi deb qabul qildi
“Er-xotinning ajraliş tamoyillari” deb nomlangan 31 moddadan iborat qoida “Tolibon” oliy yetakçisi Haybatulloh Oxundzoda tomonidan tasdiqlangan. U şu oy boşida Afğoniston rejimining rasmiy gazetasida elon qilingan.
Eng köp tanqid qilingan qoidalardan biri şundaki, baloğat yoşiga yetgan qizning sukunati nikohga rozilik sifatida talqin qilinişi mumkin. Biroq öğil bola yoki ilgari turmuş qurgan ayolning sukunati avtomatik ravişda rozilik deb hisoblanmaydi.
Qonun, şuningdek, voyaga yetmaganlar nikohi, bedarak yöqolgan turmuş örtoqlar, zinokorlikda ayblanganlar, dindan qaytiş (murtadlik) va majburiy ajraşiş bilan boğliq masalalarni ham qamrab oladi.
Yana bir qoidada “hiyor al-buluğ” yoki “baloğatga yetgandagi tanlov huquqi”ga tayanilgan, bu bolalikda turmuşga berilgan şaxslar voyaga yetganidan keyin nikohni bekor qilişiga imkon beradi.
5-moddada qayd etilişiça, voyaga yetmaganlar uçun ota yoki bobodan boşqa qarindoşlar tomonidan taşkillaştirilgan nikohlar, agar turmuş örtoq ijtimoiy jihatdan munosib deb topilsa va mahr maqbul bölsa, tan olinişi mumkin. Biroq har qanday nikohni bekor qiliş “Tolibon” sudining roziligini talab qiladi.