USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Pokiston Saudiyaga bergan vadasining ustidan çiqdi

180 марта

Pokiston Saudiyaga bergan vadasining ustidan çiqdi

Pokiston Saudiya Arabistoniga 8 ming nafar harbiy xizmatçi hamda qiruvçi uçoqlar eskadriliyasini yubordi. Bu haqda Reuters agentligi hukumat va xavfsizlik tuzilmalaridagi manbalariga tayanib xabar berdi.

AQŞ va Isroilning Eronga qarşi uruşi fonida yuborilgan harbiy xizmatçilar va jangovar texnika Saudiya Arabistonining mudofaa salohiyatini oşirişga qaratilgan.


Malum bölişiça, Pokiston Saudiyaga aprel oyida Xitoy bilan hamkorlikda işlab çiqarilgan 16 dona JF-17 qiruvçi samolyotlari hamda dronlar majmuasini jönatgan. Arab mamlakatiga yuborilgan harbiy texnika orasida Xitoyning HQ-9 havo hujumidan mudofaa tizimi ham bor. Harbiy texnikani pokistonlik mutaxassislar boşqarayotgan bölsa, amaliyotni moliyalaştiriş Saudiya Arabistoni zimmasida.  
Avval xabar berganimizdek, 2025 yil sentyabr oyida Saudiya Arabistoni va Pokiston mudofaaga oid strategik bitimni imzolagan edi. Riyoz şahrida Saudiya valiahd şahzodasi Muhammad bin Salmon va Pokiston boş vaziri Şahboz Şarif tomonidan imzolangan uşbu hujjatga muvofiq tomonlardan biriga qarşi uyuştirilgan hujum har ikkisiga uyuştirilgan hujum deb malakalanadi.

Pokiston musulmon olamida yadro quroliga ega yagona mamlakat sanaladi. Tahlilçilarga köra, mudofaa bitimi Saudiya Arabistoni ham Pokiston yadro şamsiyasi ostiga olinganidan dalolat beradi.
AQŞning Yaqin Şarqdagi yirik ittifoqçilaridan biri sanalgan Saudiya podşohligining Pokiston bilan mudofaa böyiça strategik bitim imzolaşi malum manoda Vaşington siyosatiga işonçsizlik ifodasi deb baholangan.

AQŞ va Isroil joriy yil 28 fevral kuni Eronga qarşi keng kölamli hujum boşlaganidan keyin Tehron Vaşingtonning yaqin ittifoqçilari sifatida qöşni arab davlatlari, jumladan, Saudiya Arabistonidagi harbiy va sanoat obektlariga raketa hamda dronlar orqali hujum uyuştirdi.

Uşbu ziddiyat Islomobod va Riyoz örtasida tuzilgan mudofaa bitimi uçun dastlabki imtihon böldi deyiş mumkin. Pokiston tomonidan bir neça ming askar va jangovar texnikaning yuborilişi Islomobod qisman bölsa-da Riyozga bergan vadasining ustidan çiqqanini anglatadi.

Reuters agentligi xabariga munosabat bildirgan Pakistan Today naşriga köra, Pokiston qöşini Saudiyaga yuborilgani haqidagi xabar ikki örtadagi mudofaa munosabatlari haqida tölaqonli tasavvur bermaydi. Naşr manbalari fikriça, avvaldan rejalaştirilgan harbiy kuçlarni joylaştiriş amaliyoti va mudofaa bitimini mintaqadagi beqaror vaziyatga boğlaş bu – munosabatlarning asl mazmunini notöğri talqin qiliş demakdir. Manbalar Pokiston va Saudiya Arabistoni örtasidagi aloqalar diniy, madaniy, siyosiy hamda iqtisodiy riştalarga tayanişi va bu munosabatlarga faqat geosiyosat prizmasi orqali qaramaslik lozimligini takidlagan.
Ayni vaqtda Pokiston AQŞ/Isroil va Eron örtasidagi qurolli ziddiyatda vositaçilik qilmoqda. Tinçlik muzokaralari ham aynan Islomobod mezbonligida ötmoqda.

Saudiya Arabistoni ham uşbu uruşda rasman betaraf maqomda. Ammo podşohlik hududida AQŞ harbiy obektlari mavjudligi uning betarafligini savol ostida qoldiradi.
 
Jahon matbuoti xabar berişiça, Eron tomonidan öz hududiga berilgan zarbalarga javoban Saudiya Arabistoni joriy yil mart oyida maxfiy ravişda fors davlatiga qarşi hujumlar uyuştirgan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: