Yevropa Ittifoqi Temu’ni 200 mln yevro miqdorida jarimaga tortdi
29-05-2026, 15:26
86 марта

Yevropa Ittifoqi Temu’ni 200 mln yevro miqdorida jarimaga tortdi
Yevropa Komissiyasining takidlaşiça, kompaniya mahsulotlarning “tizimli xavflarini” hamda ularning istemolçilarga yetkazişi mumkin bölgan zararini “sinçkovlik bilan aniqlamagan, tahlil qilmagan va baholamagan”. Temu qarorga rozi emasligini va jarimani nomutanosib deb hisoblaşini bildirdi.
Mustaqil taşkilot ötkazgan “sirli xaridor” tekşiruvi davomida Temu’dan sotib olingan quvvatlaş qurilmalarining aksariyati elektr xavfsizligi talablariga javob bermasligi aniqlangan. Şuningdek, bolalar öyinçoqlarining katta qismida kimyoviy moddalar miqdori meyordan yuqoriligi hamda ularda böğiliş xavfini tuğdiruvçi mayda qismlar borligi malum bölgan.
Temu jarima tölaşdan taşqari, 28 avgustgaça kamçiliklarni bartaraf etiş rejasini taqdim etişi şart, şundan söng Komissiya ikki oy içida uni baholaydi. Yevropa Ittifoqi komissari Henna Virkkunen bu çora Temu uçun “kuçli signal” ekanini aytdi. Kompaniya vakili esa qaror 2024 yilga tegişli bölib, tizimning hozirgi holatini aks ettirmasligini bildirdi.
“Biz Yevrokomissiya qaroriga qöşilmaymiz va jarimani nomutanosib deb hisoblaymiz. Qarorni diqqat bilan örganib çiqmoqdamiz va barça mavjud variantlarni körib çiqyapmiz”, deyiladi Temu bayonotida.