Rossiya ham jinsiy zöravonlik böyiça “qora röyxat”ga kirdi
30-05-2026, 14:51
225 марта

Rossiya ham jinsiy zöravonlik böyiça “qora röyxat”ga kirdi
Birlaşgan Millatlar Taşkiloti qurolli mojarolar bilan boğliq jinsiy zöravonliklar haqidagi yangi hisobotida Isroil ortidan Rossiyani ham bunday jinoyatlarda gumon qilinayotgan davlatlar röyxatiga qöşdi. Bu haqda keça, 29 may kuni BMT “Qurolli mojarolar bilan boğliq jinsiy zöravonlik” haqidagi hisobotida elon qildi.BMTning malumotiga köra, 2025 yilda Ğazo sektori va bosib olingan Ğarbiy Sohilda Isroil xavfsizlik kuçlari tomonidan falastinliklarga qarşi jinsiy zöravonlik holatlari qayd etilgan. Hisobotda 14 nafar erkak, 7 nafar ayol, 9 nafar öğil bola va 1 nafar qiz bolaga nisbatan zöravonlik holatlari tasdiqlangani aytilgan.
BMT maxsus vakili Pramila Pattenning takidlaşiça, Isroil tomoniga profilaktik çoralar va javobgarlik böyiça malumot taqdim etiş haqida bir neça bor murojaat qilingan, ammo mazmunli javob olinmagan.
Şuningdek, BMT Rossiyani ham Ukrainadagi uruş davomida jinsiy zöravonlik holatlari davom etayotgani sababli röyxatga kiritdi. Hisobotda Rossiya harbiylari va xavfsizlik kuçlari tomonidan sodir etilgan 310 ta holat tasdiqlangani qayd etilgan. BMT malumotlariga köra, 2025 yilda dunyo böyiça qariyb 10 mingta mojaro bilan boğliq jinsiy zöravonlik holati qayd etilgan bölib, bu ötgan yilga nisbatan ikki baravar köpdir.
Bunday röyxatga kiritiş avtomatik ravişda sanktsiyalar joriy etilişini anglatmaydi, ammo davlatning xalqaro nufuziga jiddiy tasir körsatişi mumkin. Şuningdek, röyxatda doimiy qolib kelayotgan tomonlar BMT tinçlikparvarlik operatsiyalarida iştirok eta olmaydi.