USD: 11,973 söm ▲ EUR: 13,437 söm ▲ RUB: 147 söm ▲ GBP: 16,113 söm ▲ CNY: 1,796 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 239 söm ▲ AED: 3,260 söm ▲ USD: 11,973 söm ▲ EUR: 13,437 söm ▲ RUB: 147 söm ▲ GBP: 16,113 söm ▲ CNY: 1,796 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 239 söm ▲ AED: 3,260 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Turkiyada dengiz suvi ğayrioddiy rangga kirdi

49 марта

Turkiyada dengiz suvi ğayrioddiy rangga kirdi

Keça, 30 may kuni Turkiyaning Giresun viloyati qirğoğida Qora dengiz suvi kuçli yomğirdan söng qönğir tusga kirdi. Bu haqda mahalliy “Habertürk” telekanali xabar berdi.

Telekanal saytida sohilböyi hududi va rangi özgargan dengiz suvining dron yordamida havodan olingan suratlari elon qilindi. Xabarda aytilişiça, jala quyişi oqibatida yuvilib ketgan loyqa tuproq aralaşmasi bölgan xira suv dengizga şu atrofdan oqib ötuvçi Aksu va Batlama soylari orqali borib qöşilgan.

Qayd etilişiça, Giresunda kuçli yomğirlardan keyin dengiz rangining özgarişi yer relefi va tuproq tuzilişi sababli odatiy hol hisoblanadi.
“Jigarrang suvning Qora dengizning tabiiy rangi bilan birlaşadigan çegaralarida yaqqol çiziq hosil böldi. Bu tasvirlar kuçli yomğir nafaqat şahar markazida, balki soy özanlari va dengiz qirğoqlarida ham sezilarli oqibatlarga olib kelganini körsatdi. Ayniqsa, balandliklardan kelgan yomğir suvlari oqizib kelgan loyqa sohil böyidagi rang özgarişining asosiy sababi böldi”, deyiladi xabarda.
Malumot uçun, Giresun – Turkiya şimoli-şarqida, Qora dengiz sohilida joylaşgan şahar. Sayyohlar, ayniqsa, xorijlik turistlar uçun u yer maşhur kurort hisoblanmaydi. Şahardagi plyajlar va infratuzilma Antalya yoki Alanya kabi odatiy Örta dengiz yönalişlaridan sezilarli darajada orqada. Sayyohlarning asosiy oqimini mahalliy aholi hamda şinam plyaj tatilini emas, balki öziga xos atmosferaga ega joylarni izlab yuruvçi mustaqil sayohatçilar taşkil etadi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: