Xitoy dronlarni radardan yaşiradigan qoplama işlab çiqdi
2-06-2026, 22:04
77 марта

Xitoy dronlarni radardan yaşiradigan qoplama işlab çiqdi
Xitoyning Star-Navi kompaniyasi dronlar uçun radar signallarini yutuvçi sprey şaklidagi XRAM-C Series maxsus qoplamalar seriyasini işlab çiqdi. Bu haqda “Defence Blog” xabar berdi.Naşr malumotlariga köra, uşbu material radiotölqinlarni qaytarmaydi, balki ularni yutib, issiqlik energiyasiga aylantiradi. Natijada uçuvçisiz uçiş apparatini radarlarda aniqlaş qiyinlaşadi. Texnologiya işlab çiqaruvçisi turli çastota diapazonlari uçun qoplamaning uç xil modifikatsiyasini taklif qilmoqda: C105 versiyasi X va Ku-diapazondagi radarlardan himoyani taminlaydi, C112 varianti S va C-diapazon tizimlariga qarşi turiş uçun möljallangan, universal C113B esa har ikkala çastota guruhlarini qamrab oladi.
Qoplamani tayyorlangan yuzalarga surtiş usuli maxsus işlab çiqariş infratuzilmasini talab qilmaydi. Etiborli jihati şundaki, Star-Navi öz böyoğini 1 kg, 5 kg va 10 kg vazndagi konteynerlarda taklif qilmoqda, bu esa mahsulotning qulayligini körsatadi.
Tanlangan variantga qarab, qalinligi 0,40–0,60 mm bölgan material qatlami qaytgan signal darajasini 3–3,5 dBga kamaytiriş imkonini beradi, bu esa uning quvvati taxminan ikki baravar kamayişiga töğri keladi.
Qoplama vazni bir kvadrat metrga 1,1 kg dan oşmaydi. Material 250°C gaça bölgan haroratda 100 soat davomida öz xususiyatlarini saqlab qoladi, uzoq muddatli vibratsiyalarga (tebranişlarga) çidamli va tuzli tuman şaroitida 2000 soatlik sinovlardan muvaffaqiyatli ötgan. Bu esa undan dengiz va sohilböyi obektlarida foydalaniş imkoniyatini tasdiqlaydi.