“Garri Potter” serialiga filmlarda bölmagan yangi personaj qöşiladi — aktrisa allaqaçon tanlangan
3-06-2026, 17:08
67 марта

“Garri Potter” serialiga filmlarda bölmagan yangi personaj qöşiladi — aktrisa allaqaçon tanlangan
HBO kompaniyasi “Garri Potter” asarini kitobga maksimal darajada yaqin va aniq qilib işlaşga vada berayotgan bir paytda, aktyorlar tarkibida kutilmagan özgarişlar yuz bermoqda. Loyiha ijodkorlari asarning asl variantida bor, biroq avval ekranlaştirilmagan detallarga alohida etibor qaratmoqda. Quyidagi maqolada oldingi filmlarda umuman bölmagan yangi jodugar rolini kim ijro etişi va qadrdon obrazlarimiz atrofidagi eng sönggi tafsilotlar haqida malumot beramiz.
Serialning birinçi mavsumi aktyorlar tarkibiga britaniyalik aktrisa Zoi Kolxaun qöşildi. U asarda faqat nomi yuzaki tilga olingan jodugar— Morgana Le Feyning epizodik rolini ijro etadi.

Hozirça kinostudiya tomonidan rasmiy bayonot berilmagan bölsa-da, aktrisa Zoi Kolxaun ijtimoiy tarmoqlarda uşbu xabarni tasdiqladi. U CBR naşrining kasting haqidagi yangiligini öz sahifasiga joylab, “Sir foş böldi!” deya izoh qoldirgan. Avval ham aktrisa “Bridjertonlar” va “Qora közgu” kabi maşhur loyihalarda ikkinçi darajali epizodlarda köriniş bergan.
Serial şouranneri Françeska Gardiner jamoa kitob syujetiga qatiy rioya qilişini va kadr ortida qolib ketgan har bir elementni jonlantirişini takidladi. Yangi aktrisaning ekrandagi çiqişi qança vaqtni egallaşi nomalum bölsa-da, bu holat ijodkorlarning mayda detallarga ham jiddiy yondaşayotganidan dalolat beradi.