Rossiya Suriyadagi aviabazasini qayta taminlaşni boşladi — WSJ
3-06-2026, 22:42
105 марта

Rossiya Suriyadagi aviabazasini qayta taminlaşni boşladi — WSJ
Malum bölişiça, “Sparta” yuk kemasi mart oyida Sankt Peterburgdan yölga çiqqan va may oyida Suriyaning Tartus portiga yetib kelgan. Safar davomida uni Rossiya harbiy-dengiz flotining kemalari kuzatib borgan. Bu 2024 yil oxirida Rossiyaning ittifoqçisi bölgan Başar Asad rejimi ağdarilganidan keyin amalga oşirilgan birinçi yirik taminotdir.
AQŞ rasmiylarining sözlariga köra, Rossiya Mudofaa vazirligi manfaatlari uçun qurol yetkazib bergani sababli sanktsiyaga tuşgan uşbu kema Xmeymim yaqinidagi Rossiya aviabazasi uçun uskunalar olib kelgan.
Taminot Rossiyaning bazadan foydalanişni davom ettirayotganini körsatdi. Bu esa Suriyadagi inqilob Rossiyaga strategik zarba böladi va uni Afrika hamda Janubiy Amerikadagi amaliyotlar bazasidan mahrum qiladi deb umid qilgan AQŞ rasmiylarini xavotirga solmoqda.
“Menimça, ruslar bazalarni saqlab qolişga muvaffaq böldi. Ular suriyaliklarni özaro hamkorlik foydali ekaniga işontiriş uçun turli usullardan foydalandi”, deydi Şvetsiya Mudofaa tadqiqotlari agentligi eksperti Aron Lund.Ayni paytda, AQŞ harbiylari aprel oyida Suriyadagi bazalarini butunlay tark etdi. Bu bilan Qöşma Ştatlarning mamlakatdagi missiyasi yakunlandi.
Yangi hukumat va Moskva örtasidagi aloqalar
Hozirda Suriyaning yangi hukumati va uning prezidenti Ahmad as-Şaraa Moskva bilan bazalar taqdiri böyiça muzokaralarni davom ettirmoqda. Aş-Şaraa hokimiyatga kelganidan beri ham Rossiya, ham Ğarb bilan aloqalarni yölga qöyişga urinmoqda. U 2025-yilda Vaşington va Moskvaga taşrif buyurdi.
Rossiya öz navbatida Suriyaga buğdoy va neftni arzon narxlarda sotmoqda. Bu esa yillar davomida uruş va sanktsiyalardan çarçagan Suriya iqtisodiyoti uçun muhim kömakdir.
Bundan taşqari, tomonlar xavfsizlik masalalarida ham umumiy manfaatlarga ega. Masalan, Başar Asad va uning oilasi hozirda Rossiyadan boşpana topgan. Suriyada esa sobiq ittifoq hududidan borgan köplab çeçen va boşqa jangçi guruhlar azolari istiqomat qiladi.
Kema qanday yetib keldi?
Vantor va Planet Labs kompaniyalarining suniy yöldoş suratlari “Sparta” kemasi Sankt Peterburgda yuklangani va 11 may kuni Tartus portiga yetib kelganini körsatdi. Öşa yerda Rossiya harbiy flotining yordamçi kemalari ham köringan.

Ayrim AQŞ rasmiylarining fikriça, bu missiya jiddiy xavotir uyğotmaydi, çunki yangi hukumatning Moskva bilan aloqalari sir emas edi. Bundan taşqari, AQŞ malumotlariga köra, ayni paytda Suriyada hali ham yuzlab Rossiya harbiy xizmatçilari qolmoqda.