Eron Hormuz ustida Amerika vertolyotini urib tuşirdi
10-06-2026, 08:38
61 марта

Eron Hormuz ustida Amerika vertolyotini urib tuşirdi
AQŞ Prezidenti Donald Tramp Eron Hormuz böğozi ustida Amerikaning Apaçe vertolyotini urib tuşirganini elon qildi. Uning sözlariga köra, ikkala uçuvçi ham omon qolgan, AQŞ esa uşbu hujumga javob qaytariş niyatida. Bu haqda Amerika yetakçisi Truth Social ijtimoiy tarmoğidagi sahifasida yozdi.“Harbiylarimiz menga hozirgina malum qilişiça, ötgan keça eronliklar Hormuz böğozi ustida patrullik qilayotgan yuqori texnologiyali Apaçe vertolyotlarimizdan birini urib tuşirişgan. Bortda ikki nafar uçuvçi bölgan, ularning ikkalasi ham xavfsiz joyda va jarohat olişmagan. Şunga qaramay, Qöşma Ştatlar uşbu hujumga albatta javob qaytarişi şart”, deb yozdi Tramp.
Buning ortidan AQŞ Mudofaa vazirligi suriştiruv işlarini boşlagan.
“8 iyun kuni AQŞ armiyasining AH-64 Apaçe vertolyotining ikki nafar ekipaj azosi Ummon qirğoqlari yaqinida, mintaqaviy suvlarda patrullik qilayotgan vaqtda vertolyot halokatga uçraganidan söng, AQŞ Qurolli kuçlari tomonidan qutqarib olindi. Harbiy xizmatçilar (halokatdan) taxminan ikki soat ötib qutqarilgan va ularning ahvoli barqaror. Hodisa sabablari örganilmoqda”, deya qayd etadi qömondonlik.