Diqqat! Bugun poytaxtda çang-tözon kötariladi
Bugun, 16 iyun kuni Özbekistonning ayrim hududlarida, jumladan Toşkent şahrida kuçli şamol va ayrim joylarda çang-tözonlar kuzatilişi mumkin. Bu haqda Toşkent şahar hokimligi xabar berdi.
Şu munosabat bilan poytaxt aholisi va mehmonlaridan ehtiyot çoralariga amal qiliş söraldi.
Jumladan:
- zarurat bölmasa, kuçli şamol vaqtida oçiq hududlarda qolmaslik;
- daraxtlar, reklama konstruktsiyalari, elektr simlari va yengil qurilmalar yaqinida turmaslik;
- avtomobillarni daraxtlar va mustahkamlanmagan boşqa konstruktsiyalar ostida qoldirmaslik;
- çang-tözon vaqtida imkoni boriça derazalarni yopiq saqlaş tavsiya etiladi.
Eslatib ötamiz, avvalroq joriy yilning 16–19 iyun kunlari kutilayotgan yomğirlar yoğişi sababli, respublikaning toğoldi va toğli hududlarida sel-suv toşqini yuzaga kelişi mumkinligi haqida xabar berilgan edi.