USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Dunyo böylab öquv dargohlariga hujumlar soni keskin oşib ketdi

51 марта
Дунё бўйлаб ўқув даргоҳларига ҳужумлар сони кескин ошиб кетди

Dunyo böylab maktablar, universitetlar hamda talim xodimlariga qarşi uyuştirilayotgan hujumlar soni keskin oşib bormoqda. Sönggi ikki yil içida minglab öquvçi va pedagoglar halok bölgan, yaralangan yoki öğirlab ketilgan. Bu haqda “The Guardian” naşri xabar berdi.

Global Coalition to Protect Education from Attack (GCPEA) tomonidan elon qilingan yangi hisobotga köra, 2024–2025 yillarda dunyo böylab talim muassasalari, öquvçilar va pedagoglarga qarşi hujumlar soni keskin oşgan. Tadqiqot natijalariga köra, sönggi ikki yil içida bunday holatlar 40 foizga köpayib, 83 davlatda jami 8 556 ta hujum qayd etilgan.

Hisobotda keltirilişiça, uşbu hujumlar oqibatida kamida 10 600 nafar öquvçi, talaba va talim xodimi halok bölgan, jarohatlangan, öğirlab ketilgan, hibsga olingan yoki boşqa turdagi zöravonliklarga duç kelgan. Talimga qarşi hujumlar eng köp Kolumbiya, Kongo Demokratik Respublikasi, Efiopiya, Gaiti, Falastin va Ukrainada qayd etilgan. Xususan, Ukrainada qariyb 900 ta maktab turli hujumlarga uçragan bölsa, Falastinda öquvçilar va talim xodimlariga qarşi kamida 2 400 ta hujum sodir etilgan.

Tadqiqot mualliflari yana bir xavotirli tendentsiyaga etibor qaratgan. Unga köra, maktab va universitetlarning harbiylar yoki qurolli guruhlar tomonidan egallab olinişi holatlari avvalgi ikki yillik davrga nisbatan 91 foizga oşib, 1 912 taga yetgan. Bu esa minglab bolalarning talim oliş imkoniyatidan mahrum bölişiga sabab bölmoqda.

Eng köp talafot Myanma, Nigeriya, Yaman va Kamerunda kuzatilgan. Mazkur davlatlarda jami 1 700 dan ortiq öquvçi va pedagog halok bölgan yoki yaralangan. Nigeriyada 700 dan ortiq öquvçi va talim xodimi öğirlab ketilgani qayd etilgan. Myanmada esa kamida 80 kişi halok bölib, 240 ga yaqini jarohatlangan.

Hisobotda aytilişiça, ayrim mamlakatlarda qizlar va ayollar aynan jinsi sabab nişonga olingan. Şuningdek, nogironligi bölgan bolalar talim oladigan muassasalar ham hujumlardan çetda qolmagan.

Mutaxassislarning takidlaşiça, bu raqamlar ortida maktabni xavfsiz maskan deb bilgan millionlab bolalarning buzilgan hayoti, yöqotilgan imkoniyatlari va söngan orzulari turibdi. Ularning fikriça, talim muassasalariga qarşi hujumlar tobora tasodifiy hodisa emas, balki uruş va mojarolarda qöllanayotgan strategik vositaga aylanib bormoqda.

GCPEA direktori Liza Çung Bender talim muassasalariga qarşi hujumlarni töxtatiş uçun davlatlar maktablardan harbiy maqsadlarda foydalanişga barham berişi, xalqaro huquq normalariga rioya etişi hamda bunday jinoyatlar uçun javobgarlik mexanizmlarini kuçaytirişi zarurligini takidlagan. Uning sözlariga köra, agar bu tendentsiya davom etsa, bolalar va yoşlarning xavfsiz talim oliş huquqi yanada katta xavf ostida qoladi.

Zafar Tolliboyev

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: