USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Sobiq milliy xavfsizlik raisining kuyovi hibsga olindi

608 марта
Собиқ миллий хавфсизлик раисининг куёви ҳибсга олинди

Qirğiz Respublikasi Harbiy prokuraturasi Milliy xavfsizlik davlat qömitasining sobiq rahbari Qamçibek Taşiyevning kuyovi deya sifatida tanilgan Azamat Diyqanboyevni ham qölga oldi. Bu haqda mahalliy naşrlar bong urmoqda. 
 
Jalolobod garnizoni harbiy prokuraturasi MXDQning sobiq xodimi Azamat Diyqanboyevni qölga olgan. Unga nisbatan “Xizmat mavqeidan foydalanib firibgarlik qiliş” moddasi böyiça jinoyat işi qözğatildi.

Taşkilot malumotiga köra, Diyqanboyev Manas tumani IIBning vaqtinça saqlaş hibsxonasiga joylaştirilgan. Hozirda işning barça holatlarini va boşqa ehtimoliy iştirokçilarni aniqlaşga qaratilgan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ayrim malumotlarga köra, Diyqanboyev MXDQning sobiq raisi Qamçibek Taşiyevning kuyovi hisoblanadi. U turli yillarda milliy xavfsizlik organlari tizimida işlagan.

Eslatib ötamiz, şu kunlarda Qirğizistonning Bişkek şahri Birinçi may tuman sudida Milliy xavfsizlik davlat qömitasining sobiq rahbari Qamçibek Taşiyev ustidan “75 lar xati” deb nomlangan iş böyiça sud jarayoni davom etmoqda. Uşbu jinoyat işi “75 lar xati” – bir guruh siyosatçilar va jamoat arboblarining murojaati bilan boğliq bölib, tergov talqiniga köra, unda hokimiyatni almaştirişga bölgan çaqiriqlar alomatlari mavjud bölgan. Iş figurantlari orasida MXDQ sobiq rahbari Qamçibek Taşiyev, sobiq boş prokuror Qurmanqul Zuluşev, Jogorku Keneş sobiq spikeri Nurlanbek Turgunbek öğli, şuningdek, mamlakatning bir qator sobiq siyosatçilari bor. Ularga nisbatan hokimiyatni zörlik bilan tortib olişga tayyorgarlik köriş va mansab vakolatlarini suiistemol qiliş ayblovlari ilgari surilgan.

Taşiyev istefosi

Joriy yilning 10 fevral kuni Qirğiziston Milliy xavfsizlik davlat qömitasi raisi – Boş vazir örinbosari Qamçibek Taşiyev Prezident Sadir Japarovning farmoni bilan lavozimidan ozod etildi. U öz qarorini “jamiyatda bölinişga yöl qöymaslik” istagi bilan izohladi. Qamçibek Taşiyevning özi bu haqda Germaniyada yurak operatsiyasidan söng rejali tekşiruvda bölganida xabar topganini malum qildi.

Taşiyev ortidan uning birinçi örinbosari Qurbonbek Avazov, kiberxavfsizlik markazi direktori Daniel Risaliyev va Antiterror markazi direktori Elizar Smanov işdan olindi. Abdukarim Alimboyev Milliy xavfsizlik davlat qömitasi (MXDQ) raisining birinçi örinbosari lavozimidan ozod etilib, Davlat çegara xizmati raisi etib tayinlandi. Uning örnini Xavfsizlik kengaşi kotibi lavozimida işlab kelayotgan Rustam Mamasadiqov egalladi. 

2020 yildan buyon Milliy xavfsizlik davlat qömitasining 9-xizmati boşliği va rais örinbosari lavozimida işlab kelgan Jumgalbek Şabdanbekov Qirğiziston Milliy xavfsizlik davlat qömitasi raisi vazifasini vaqtinça bajaruvçi etib tayinlandi.

Şuningdek, şu kunning özida Çegara xizmati davlat qömitasi tarkibidan çiqarildi.

Japarov va Taşiyev tandemi

Malumot uçun, Qamçibek Taşiyev 2020 yil 16 oktyabr kuni Qirğiziston Milliy xavfsizlik davlat qömitasi raisi etib tayinlangan edi. Farmonni 2020 yil 5–6 oktyabr voqealaridan söng prezident vazifasini bajaruvçi sifatida Sadir Japarov imzolagan.

Qamçibek Taşiyev va amaldagi Prezident Sadir Japarov örtasidagi köp yillik munosabatlar mamlakatdagi eng barqaror va tasirli siyosiy ittifoqlardan biri sifatida baholanib kelgan. Ularning hamkorligi hokimiyat tepasiga kelişidan ança oldin boşlangan: 2010 yillar boşida ular bir neça bor siyosiy jarayonlarda bir tomonda bölgan, 2012 yildagi umumiy jinoiy epizodni ham birga boşdan keçirgan, bu esa ularning şaxsiy yaqinligini yanada mustahkamlagan.

2020 yil oktyabr voqealaridan söng tandem yakuniy şaklga keldi: Sadir Japarov Prezident lavozimini egalladi, Qamçibek Taşiyev esa MXQ rahbari etib tayinlanib, kuç blokining asosiy tayançiga aylandi. Aynan u eng şov-şuvli işlarni nazorat qilgan, kuç siyosatini şakllantirgan va amalda Prezident jamoasining eng yaqin işonçli şaxslaridan biri bölib kelgan.

Ekspertlar orasida ularning ittifoqi köpinça mamlakatdagi eng mustahkam siyosiy duet deb atalardi, Qamçibek Taşiyev atrofidagi har qanday kadr özgarişlari esa hokimiyat konfiguratsiyasidagi jiddiy özgarişlar belgisi sifatida qabul qilinar edi.

Sönggi paytlarda siyosiy doiralarda maxsus xizmat rahbarining bölajak Prezident saylovlarida iştirok etişi mumkinligi haqida miş-mişlar tarqalgan edi. Qamçibek Taşiyev esa bir neça bor prezidentlik poygasida qatnaşmoqçi emasligini va Sadir Japarovni qöllab-quvvatlaşini malum qilgan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: