USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Vetnamda 400 dan ortiq muşuk göşti uçun öğirlandi

89 марта
Вьетнамда 400 дан ортиқ мушук гўшти учун ўғирланди

Vetnam politsiyasi Xoşimin şahrida muşuk göşti savdosi bilan şuğullangan jinoiy guruh faoliyatiga çek qöyib, 400 dan ortiq tirik muşukni qutqarib qoldi. Bu haqda bugun, 17 iyun kuni mahalliy OAV va hayvonlarni himoya qiliş taşkilotlari xabar berdi.

Qayd etilişiça, ötgan hafta bir neça kun davom etgan maxsus operatsiya natijasida qutqarilgan muşuklarning 40 dan ortiği öz egalariga qaytarilgan. Biroq oğir şaroitda saqlangani sababli qutqarilgan hayvonlarning önlab qismi nobud bölgan.

Huquqni muhofaza qiluvçi organlar Xoşimin şahrida uy hayvonlari öğirlanişi bilan boğliq holatlarni tekşiriş çoğida jinoiy tarmoq iziga tuşgan. Operatsiya davomida töqqiz nafar gumonlanuvçi qölga olingan. Politsiya 45 ta qafas içida taxminan 400 ta tirik muşukni aniqlagan. Şuningdek, boşqa manzildan muz solingan konteynerlarda saqlangan 80 ta ölik muşuk va yana 21 ta tirik muşuk topilgan.

Tergov malumotlariga köra, gumonlanuvçilar sönggi uç yil davomida Xoşimin şahri, Taynin va Anzyang hududlarida muşuklarni tutib, yiğib kelganini tan olgan. Hayvonlarni himoya qiliş taşkilotlari vakillari Vetnamda har yili millionlab it va muşuklar köçalardan yoki xonadonlardan öğirlanib, istemol uçun söyilişini aytmoqda.

Qutqarilgan hayvonlarga yordam berayotgan Vietnam Cat Welfare taşkiloti vakili Kris Gindelhumer köplab oilalar öz muşuklarini izlab kelayotganini bildirgan.

“Köplab vetnamlik oilalarning öz muşuklarini qidirib kelayotganini köriş juda tasirli. Ammo ayrimlar öz jonivorlarini topa olmayotgani yurakni oğritadi”, degan u.

Uning sözlariga köra, veterinarlar va köngillilar qutqarilgan hayvonlarni davolaş uçun keça-yu kunduz işlamoqda.

Malumot uçun, ayni paytda Vetnamda it va muşuk göştini istemol qiliş qonunan taqiqlanmagan. Biroq savdogarlar hayvonlarning kelib çiqişini tasdiqlovçi ruxsatnomaga ega bölişi şart. Şu bilan birga, mamlakatning ayrim şaharlari, jumladan, Xoyan xalqaro taşkilotlar bilan hamkorlikda it va muşuk göşti istemolini qisqartiriş böyiça işlar olib bormoqda.

Janubiy Koreya 2024 yilda it göşti savdosini taqiqlaganidan söng, Vetnam hukumati ham uy hayvonlari va ularning egalarini yaxşiroq himoya qiliş uçun qonunçilikni isloh qiliş rejalarini malum qilgan. https://qalampir.uz/news/zhanubiy-koreyada-it-gushtini-yeyish-tak-ik-landi-95693

Eslatib ötamiz, avvalroq Toşkent viloyatining Angren şahrida doimiy ravişda it söyib kelgan 2 nafar erkak uşlangan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: