USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Isroilning Livanga hujumlari oqibatida kamida 15 kişi halok böldi

69 марта
Исроилнинг Ливанга ҳужумлари оқибатида камида 15 киши ҳалок бўлди
Isroilning Livan janubiga bergan zarbalari oqibatida kamida 15 kişi, norasmiy manbalarga köra, 23 kişi halok böldi. Bu haqda Livanning davlat axborot agentligi NNA xabar berdi.

Mahalliy aholi va ommaviy axborot vositalari malumotiga köra, bugun, 19 iyun kuni Isroil aviatsiyasi va artilleriyasi Nabatiya viloyatidagi bir neçta aholi punktlarini nişonga olgan. Manba bu hujumlarni sönggi haftalardagi eng kuçli bombardimonlardan biri deb baholagan.

Isroil armiyasi esa zarbalar “Hizbulloh” harakatiga tegişli jangçilar va infratuzilma obektlariga qarşi qaratilganini davo qilgan. Tel-Aviv bu amaliyotlarni Eron qöllovidagi guruh tomonidan sulh şartlari muntazam buzilayotganiga javob sifatida izohlagan.

Hujumlar Isroil bir kun avval Livan janubida kengaytirilgan harbiy nazorat hududini körsatuvçi xaritani elon qilganidan keyin sodir bölgan. Isroil uşbu hududdan taşqarida ham zarbalar beriş ehtimolini istisno qilmagan. Bu esa AQŞ va Eron örtasidagi muvaqqat tinçlik kelişuvining taqdiri borasida savollarni kuçaytirmoqda.

Kelişuvga köra, mintaqadagi barça frontlarda, jumladan Livanda ham harbiy harakatlar töxtatilişi, şuningdek Livanning hududiy yaxlitligi va suverenitetiga hurmat körsatilişi lozim.

Isroilning yuqori lavozimli rasmiylaridan biri mamlakat hukumati AQŞ Prezidenti Donald Tramp mamuriyati bilan janubiy Livan hududida Isroil qöşinlarini saqlab qoliş böyiça “murakkab muzokaralar” olib borayotganini aytgan.

Malumot uçun, Isroil Livan janubidan qöşinlarini olib çiqiş çaqiriqlarini rad etib kelmoqda. Şu bilan birga, “Hizbulloh” ham Isroil pozitsiyalariga hujumlarni davom ettirmoqda.

Eslatib ötamiz, avvalroq Isroil Boş vaziri Binyamin Netanyaxu Isroil Mudofaa kuçlari Janubiy Livandan olib çiqilmasligini malum qilgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: