Peterburgda beton boşpanalar örnatila boşlandi
Ukraina Qurolli kuçlarining Rossiya neft-gaz infratuzilmasiga hujumlari tez-tez takrorlanayotgan bir paytda Sankt-Peterburgning Kronştadt tumanida beton boşpanalar örnatila boşlandi. Bu haqda tuman mamuriyatiga tayanib, “The Moscow Times” xabar berdi.
Naşrning yozişiça, bunday inşootlar törtta manzilda paydo böladi: Yakor maydonida (Dengiz Nikolskiy sobori yaqinida), Kronştadt şossesidagi 16-mikrorayonda joylaşgan jamoat maskanida, Zosimov köçasidagi “Inçxon” xiyoboni yonida, şuningdek, Litke köçasi va Kronştadt şossesi çorrahasidagi avtobus bekati yaqinida. Mamuriyat boşpanalar “Xavfsiz şahar” videokuzatuv tizimi qamrovidagi hududlarga joylaştirilişini qayd etib, aholidan “çiqindi taşlamaslikni va obektlardan maqsadli foydalanişni” söragan.
“Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabariga köra, dron hujumi paytida asosiy yuk kötaruvçi devorlarga ega bölgan bino içida qoliş va derazalardan uzoqroq turiş tavsiya etiladi. Agar dronlar hujumi vaqtida köçada bölsangiz, zudlik bilan eng yaqin xavfsiz binodan boşpana topişingiz kerak”, deyiladi tuman mamuriyati bayonotida.
Bundan avval Ukraina dronlari Peterburg va Leningrad viloyatidagi energetika obektlariga bir neça bor hujum qilgan edi. Xususan, 3 iyunga ötar keçasi uyuştirilgan hujum oqibatida Kirov tumanidagi “Peterburg neft terminali”da yonğin çiqqan edi. Öşanda portlaş ovozlari şaharning Admiralteyskiy, Vasileostrovskiy, Primorskiy va Krasnoselskiy tumanlarida eşitilgan. May oyining boşida esa dron hujumidan söng Rossiyadagi eng yirik zavodlardan biri – “Kirişinefteorgsintez” neftni qayta işlaş zavodi mahsulot işlab çiqarişni butunlay töxtatgan.
Uşbu voqealar fonida joriy yilning 18 iyun kuni Moskvaga uruş boşlanganidan beri eng yirik dronlar hujumi uyuştirildi: şahar meri Sergey Sobyaninning sözlariga köra, poytaxtga yaqinlaşiş jarayonida 200 ga yaqin uçuvçisiz uçiş apparati urib tuşirilgan, asosiy zarba esa Kapotnyadagi Moskva neftni qayta işlaş zavodiga töğri kelgan. Ertasi kuni ham poytaxtga hujumlar davom etdi.