Ukraina Rossiyaga yuzlab dronlar bilan hujum qildi
Bugun, 22 iyunga ötar keçasi Ukrainaning uç yuzdan ortiq droni Rossiya hududiga zarba berdi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi xabar berdi.
Dronlar Belgorod, Bryansk, Volgograd, Voronej, Kaluga, Kursk, Rostov, Tambov, Tver, Tula, Smolensk viloyatlari, şuningdek, Moskva viloyati, Krasnodar ölkasi, Qrim, Azov va Qora dengizlar uzra urib tuşirilgan.
Moskva meri Sergey Sobyanin bugun, 22 iyun sutka boşidan buyon harbiylar poytaxt yönalişida uçayotgan 59 ta dronni tutib olişganini malum qilgan.
Kaluga viloyati rahbari Vladislav Şapşa Babininskiy, Borovskiy, Jukovskiy, Kirovskiy va Tarusskiy munitsipal okruglari hududlari uzra beşta dron tutib olingani haqida hisobot bergan.
Voronej viloyati gubernatori esa Aleksandr Gusev harbiylar tunda viloyatida 18 ta dronni urib tuşirganini malum qilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Rossiya qöşinlari Ukraina poytaxti Kiyevga keng kölamli havo hujumlarini uyuştirgan edi. Hujum oqibatida YuNESKOning Butunjahon merosi röyxatiga kiritilgan Kiyev-Peçersk lavrasi hududida yirik yonğin yuz bergan.