Milliy xavfsizlikdan 96 kişi böşatildi
Milliy xavfsizlik davlat qömitasi islohoti doirasida 96 nafar xodim işdan böşatildi. Bu haqda Qirğiziston Respublikasi Jogorku Keneşi Xalqaro işlar, mudofaa, xavfsizlik va migratsiya qömitasi yiğilişida Milliy xavfsizlik davlat qömitasi raisi örinbosari Alişer Erbayev malum qildi.
U deputat Elvira Surabildiyevaning Milliy xavfsizlik davlat qömitasini nopok xodimlardan tozalaş işlari olib borilyaptimi yoki yakunlanganmi, degan savoliga şunday javob berdi.
Uning sözlariga köra, davlat qömitasida tarkibiy, tizimli özgarişlar davom etmoqda.
“Ayni paytda 96 nafar xodim işdan çetlatilgan, yana 24 nafar xodimga nisbatan jinoyat işi qözğatilgan. Özimiz qözğatgan işlar ham bor”, dedi Alişer Erbayev.
Deputat mamlakat fuqarolari Milliy xavfsizlik davlat qömitasi faoliyatida ijobiy özgarişlarni kutayotganini bildirgan.
“Bizga davlat qömitasi xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan köplab şikoyatlar kelib tuşmoqda va odamlar ularga munosabatni kutmoqda”, deydi Elvira Surabaldiyeva.
Alişer Erboyevning qöşimça qilişiça, Boş prokuraturaga 386 ta ariza kelib tuşgan va hozirda ular böyiça tergov harakatlari olib borilmoqda.
Taşiyev istefosi
Joriy yilning 10 fevral kuni Qirğiziston Milliy xavfsizlik davlat qömitasi raisi – Boş vazir örinbosari Qamçibek Taşiyev Prezident Sadir Japarovning farmoni bilan lavozimidan ozod etildi. U öz qarorini “jamiyatda bölinişga yöl qöymaslik” istagi bilan izohladi. Qamçibek Taşiyevning özi bu haqda Germaniyada yurak operatsiyasidan söng rejali tekşiruvda bölganida xabar topganini malum qildi.
Taşiyev ortidan uning birinçi örinbosari Qurbonbek Avazov, kiberxavfsizlik markazi direktori Daniel Risaliyev va Antiterror markazi direktori Elizar Smanov işdan olindi. Abdukarim Alimboyev Milliy xavfsizlik davlat qömitasi (MXDQ) raisining birinçi örinbosari lavozimidan ozod etilib, Davlat çegara xizmati raisi etib tayinlandi. Uning örnini Xavfsizlik kengaşi kotibi lavozimida işlab kelayotgan Rustam Mamasadiqov egalladi.
2020 yildan buyon Milliy xavfsizlik davlat qömitasining 9-xizmati boşliği va rais örinbosari lavozimida işlab kelgan Jumgalbek Şabdanbekov Qirğiziston Milliy xavfsizlik davlat qömitasi raisi vazifasini vaqtinça bajaruvçi etib tayinlandi.
Şuningdek, şu kunning özida Çegara xizmati davlat qömitasi tarkibidan çiqarildi.
Japarov va Taşiyev tandemi
Malumot uçun, Qamçibek Taşiyev 2020 yil 16 oktyabr kuni Qirğiziston Milliy xavfsizlik davlat qömitasi raisi etib tayinlangan edi. Farmonni 2020 yil 5–6 oktyabr voqealaridan söng prezident vazifasini bajaruvçi sifatida Sadir Japarov imzolagan.
Qamçibek Taşiyev va amaldagi Prezident Sadir Japarov örtasidagi köp yillik munosabatlar mamlakatdagi eng barqaror va tasirli siyosiy ittifoqlardan biri sifatida baholanib kelgan. Ularning hamkorligi hokimiyat tepasiga kelişidan ança oldin boşlangan: 2010 yillar boşida ular bir neça bor siyosiy jarayonlarda bir tomonda bölgan, 2012 yildagi umumiy jinoiy epizodni ham birga boşdan keçirgan, bu esa ularning şaxsiy yaqinligini yanada mustahkamlagan.
2020 yil oktyabr voqealaridan söng tandem yakuniy şaklga keldi: Sadir Japarov Prezident lavozimini egalladi, Qamçibek Taşiyev esa MXQ rahbari etib tayinlanib, kuç blokining asosiy tayançiga aylandi. Aynan u eng şov-şuvli işlarni nazorat qilgan, kuç siyosatini şakllantirgan va amalda Prezident jamoasining eng yaqin işonçli şaxslaridan biri bölib kelgan.
Ekspertlar orasida ularning ittifoqi köpinça mamlakatdagi eng mustahkam siyosiy duet deb atalardi, Qamçibek Taşiyev atrofidagi har qanday kadr özgarişlari esa hokimiyat konfiguratsiyasidagi jiddiy özgarişlar belgisi sifatida qabul qilinar edi.
Sönggi paytlarda siyosiy doiralarda maxsus xizmat rahbarining bölajak Prezident saylovlarida iştirok etişi mumkinligi haqida miş-mişlar tarqalgan edi. Qamçibek Taşiyev esa bir neça bor prezidentlik poygasida qatnaşmoqçi emasligini va Sadir Japarovni qöllab-quvvatlaşini malum qilgan.